QAVARIQ JISM

QAVARIQ JISM — istalgan ikki nuqtasini birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq kesmasi butunlay oʻziga tegishli boʻlgan geometrik jism. Mas, shar, kub, tetraedr, shar qatlami, silindr, piramida, konus, ellipsoid va boshqalar (rasm, a). Qavariq jism sirti yoki shu sirt ustida yotadigan soha qavariq sirt deyiladi.

Qavariq jism chegarasidan u jism bilan umumiy nuqtaga ega va ayni vaqtda jismni ikkiga ajratib yubormaydigan kamida bitta tekislik (tayanch tekislik) oʻtadi. Bu xossa Qavariq jism taʼrifi sifatida olinishi ham mumkin. Qavariq jism — har bir nuqtasida tayanch tekislik mavjud boʻlgan sirtdir. Silliq sirt uchun bunday tekislik vazifasini urinma tekislik bajaradi (rasm, b.). Silliqlik roʻy bermagan nuqtada (mas, kubning uchida) cheksiz koʻp tayanch tekislik oʻtkazish mumkin. Toʻplamlar nazariyasida ham «qavariq» termini ishlatiladi: istalgan ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesmani oʻz ichiga olgan toʻplam qavariq toʻplam deyiladi. Shuningdek, Qavariq jism kamida bitta ichki nuqtaga ega boʻlgan yopiq toʻplam sifatida taʼriflanadi.

Tekislikdagi qavariq figurani Ax+Vu+S>0 (yoki 0 yoki

Ushbu u>0, x—u>0, 2x—u—2 0, 2x+u—20 tengsizliklar esa uchlari M,(0,0), M2(1.0), M3(2,2), M4(0,1) nuqtalardan iborat toʻrtburchakni (rasm, g) aniqlaydi va h. k.

Qavariq jismlar 5 turga boʻlinadi:

1) chekli (chegarasi yopiq qavariq sirt);

2) cheksiz (chegarasi — cheklanmagan bitta sirt, mas, paraboloid);

3) ikki tomoniga ham cheksiz boʻlgan silindr (chegarasi — yopiq qavariq silindrik sirt, mas, cheksiz doiraviy silindr);

4) ikkita parallel tekislik orasidagi soha;

5) butun fazo tayanch funksiyalari yordamida berilishi mumkin (tayanch funksiya — tayanch tekislikning koordinatalar boshigacha masofasini bildiradi; bu masofa jismdan tashqariga qarab yoʻnalgan tayanch tekislikka perpendikulyar boʻlgan birlik vektorning funksiyasidir).

Qavariq jism larga — chekli sonda olingan qavariq koʻpburchaklar bilan chegaralangan koʻp yoklilar eng sodda misoldir. Istalgan Qavariq jism uchun xohlagancha yaqin qavariq koʻp yoqlilar yasash mumkin.

Qavariq jism nazariyasi geometriya, sonlar nazariyasi, matematik analizda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: QAVARIQ JISM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
YAPONIYA
MATEMATIKA
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты