KARBONATLAR

KARBONATLAR (lot. carbonis – koʻmir) — karbonat kislota (N2SO3) tuzlari. Normal, yaʼni SO, anionli oʻrta (mas, K2SO3), NSO3 anionli nordon (gidrokarbonatlar, mas, KNSO,) va asos (mas, Si2(ON)2SO3 — malaxit) K. ga boʻlinadi. Ishqoriy metallar, ammoniy va talliyning normal Karbonatlari suvda yaxshi eriydi. Ularning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyali. Bariy, kalsiy, stronsiy va qoʻrgʻoshin (2 valentli) Karbonatlari suvda juda oz eriydi. Nordon Karbonatlar suvda yaxshi eriydi. Karbonatlar qizdirilganda parchalanadi (mas, Sa — SO3 = SaO + SO2). Gidrokarbonatlar qizdirilganda parchalanib normal Karbonatlarga aylanadi (mas, 2NaHCO3= Na2CO3 + + N2O + SO2). Kuchli kislotalar taʼsirida Karbonatlar SO2 ni chiqaradi. Karbonatlar tabiatda kalsit, dolomit, ohaktosh, malaxit, magnezit va b. tabiiy minerallar holida keng tarqalgan.

Baʼzi Karbonatlar (mas, rux, temir, marganes, qoʻrgoshin, mis karbonatlari) kimmatbaho metall rudalaridir. Ohaktosh, magnezit, viterit qurilishda, olovbardosh materiallar i. ch. da, kimyo sanoatida va b. da xom ashyo sifatida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KARBONATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALSIY
STRONSIY
METALLAR
MIS
RUX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты