RUX

RUX (lot. Zincum) , Zn — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 30, at. m. 65,39. R. tabiatda 5 ta barqaror izotop («Zn, 66Zn, 67Zn, 68Zn, ™Zn)fl aH iborat aralashma holida uchraydi. Eng koʻp tarqalgani MZn (48,89%). R. ning 9 ta sunʼiy radioaktiv izotopidan faqat 65Zn (T1/2=245 kun) ilmiy tekshirish maqsadlari uchun sanoat miqyosida olinadi. Qadimda mis parchasini rux karbonat va koʻmir bilan birga qizdirib jez tayyorlashgan. Rux dastlab Hindistonda olingan. R. Yevropada 17-a. da sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Yer poʻstining massa jihatidan 310~3%ni tashkil qiladi. Ruxning muhim minerali sfalerit — aldama pyx ZnS dir. Oltoy, Shim. Kavkaz, AK. Sh, Avstraliya, Polsha va b. mamlakatlarda yirik Rux konlari bor.

Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metall; nam havoda Ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuklanish trasi 419,5°; qaynash trasi 907°, zichligi 7,133 g/sm3, R. kimyoviy jihatdan faol metallar jumlasiga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi; qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona trasida birikadi. Qizdirilganda Rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi, metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si, 10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qoʻllanadi.

Rux oʻz birikmalarida 2 valentli. Rux oksid ZnO va rux gidroksid (ZnOH)2 amfoter xossaga ega. Rux gidroksid ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganida sinkatlar, Mas, K2[Zn(OH)2], kislotalarda erib rux tuzlarini hosil qiladi. Rux pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullari bilan olinadi.

Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40%i poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.

Rux birikmalari. Rux oksid, ZnO — ruxning kislorod bilan birikmasi. Oq rangli kristall modda. Zichligi 5,7 g/ sm3; 1800° da sublimatsiyalanadi. Suvda oz eriydi; kislotalarda erib tegishli tuzlarni beradi. Amfoter — ishkrrlarda erib sinkatlar hosil kiladi. Tabiatda sinkit (kizil rux rudasi) minerali koʻrinishida uchraydi. Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, sellyuloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham va sepma dori sifatida ishlatiladi. Zaharli, uni hidlaganda isitma chiqaradi, bosh ogʻriydi, koʻngil ayniydi va yoʻtal tutadi.

Ruxning 2 ta silikata maʼlum: m ye tasilikat ZnSiO3 — oq rangli geksagonal yoki romb panjarali kristall modda. Suyuklanish trasi 1429°, zichligi 3,52 g/ sm3 Orto s i l i kat Zn2Si04 (villemit) — oq rangli geksagonal panjarali kristall modda. Suyukdanish trasi 1510°, zichligi 4,2 g/sm3. Rux silikatlari rux oksidi bilan kvars qumini birga yuqori trada (1350—1400°) kuydirish yoʻli bilan olinadi. Shaffof, boʻgʻiq rangli, maxsus shisha va sirlar i. ch. da qoʻllanadi.

Rux sulfat, ZnSO4 — rangeiz ortoromb panjarali kristall modda; zichligi 3,74 g/sm3. 800—900° da ZnO va SO2 ga ajraladi. Suvdagi eritmalaridan suvli kristallogidrat ZnSO47H2O — rux kuporosi koʻrinishida ajralib chikadi. Viskoza i. ch. da, boʻyoqchilikda, chitlarga gul bosishda, elektrolitik usulda rux metali oliщda, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.

Rux sulfid, ZnS — ruxning oltingugurt bilan birikmasi. 2 ta modifikatsiyasi bor: a — ZnS (sfalerit) — kub panjarali kristall modda. r — ZnS (vyursit) — geksagonal panjarali kristall modda. Suyukdanish trasi 1850° (150 atm bosim ostida), zichligi 3,98—4,092 g/sm3, 1185° da sublimatsiyalanadi. Suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Sfalerit rux olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Lyuminoforlar komponenti, bariy sulfat bilan aralashmasi oq boʻyoq — litopon olishda, kadmiy sulfid bilan aralashmasi televizor kineskoplari tayyorlashda ishlatiladi.

Rux xlorid, ZnCl2 — ruxning xlor bilan birikmasi, rangeiz kristall modda. Suyukdanish trasi 318°, qaynash trasi 732°, zichligi 2,91 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Rux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari b-n olinadi. Yogʻochni chirishdan saklashda shimdiriluvchi tarkib sifatida, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament i. ch. da qoʻllanadi.

Ad.: Rahimov X. R., Anorganik ximiya, T., 1984; Parpiyev N. A., Rahimov X. R., Muftaxov A. G., Anorganik kimyo, T., 2003.

Rustam Maʼrupov.


Lotin alifbosida maqola: RUX haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
XITOY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты