KARBOTSIKLIK BIRIKMALAR

KARBOTSIKLIK BIRIKMALAR (lot carbo-koʻmir va yun. kyklos — halqa, doyra) , izotsiklik birikmalar — molekulasidagi uglerod atomlari halqasi (sikli) bor boʻlgan organik birikmalar. Mas, siklopentan (I), siklogeksan (II), benzol (III) va h. k.

Karbotsiklik birikmalar molekulalari halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa elementlar, mas, azot, kislorod, oltingugurt atomlari buladigan geterotsiklik birikmalardan, shuningdek, ochik, zanjir hosil qilib birikkan atsiklik birikmalardan farq qiladi. Karbotsiklik birikmalar organik birikmalarning asosiy sinflaridan biri. Alitsiklik va aromatik birikmalar ga boʻlinadi. Karbotsiklik birikmalar tabiatda goyat keng tarqalgan. Ularning koʻpchiligi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Karbotsiklik birikmalarga neft uglevodorodlari, terpenlarning koʻpchiligi, bir qator antibiotiklar, buyoqlar, dorivor moddalar, insektitsidlar va b. kiradi. Sintetik smolalar, plastmassalar va h. q. olishda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: KARBOTSIKLIK BIRIKMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ORGANIK KIMYO
KISLOROD
GETEROTSIKLIK BIRIKMALAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты