KVANT GENERATOR

KVANT GENERATOR — majburiy nur lanish hodisasiga asoslangan monoxromatik elektromagnit toʻlqinlar generatori. Ishlashi tashqi nurlanish taʼsirida atomlar, ionlar va molekulalarning oʻzidan fotonlarni chiqarishiga asoslangan. OʻYUCh (oʻta yuqori chastota) diapazondagi birinchi Kvant generator 1955-y. da N. G. Basov va A. M. Proxorov hamda AQSH olimlari J. Gordon, X. Seyger va Ch. Tauns tomonidan (bir-biridan mustaqil) yaratilgan. Unda faol muhit sifatida ammiak molekulalari NH3 dastasi ishlatilgan, shu sababli u molekulyar generator deb yuritiladi. Hozir molekulyar generatorlarda ammiak molekulalaridan tashqari formaldegid molekulalari, sianid kislota molekulalari, vodorod atomlari, suv, deyteriylangan ammiak molekulalari va b. ishlatiladi. Molekulyar generatorlarning kamchiligi spektr chiziqlarining murakkab tuzilishidadir. Har bir spektr chiziqning oʻzi bir-biriga juda yaqin joylashgan chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlib, ularni radiospektroskoplarda ajratish qiyin. Radiodiapazondagi Kvant generatorning alohida xususiyati — tebranish chastotasi so turgʻunligining yuqoriligidir (Dyu/sh—10~13). Shuning uchun ulardan chastotaning kvant standarti sifatida foydalaniladi. Optik diapazonda ishlaydigan Kvant generator 1960-y. larda paydo boʻlib, lazer deb ataladi. Lazerning faol muhiti turlicha boʻlib, unda: kristall, shisha, gaz, suyuqlik, yarimoʻtkazgichlar ishlatilgan. Kvant generator juda qisqa diapazonda yorugʻlik toʻlqinlari tarqatadi. Birinchi qattiq jism (yoqut) li Kvant generator — lazerni 1960-y. da amerikalik fizik T. Meyman, neon — geliy (Ne — Ne) gazli generatorni amerikalik fiziklar A. Javan, U. Bennet va D. Garriot yaratdilar. Optik Kvant generator yorugʻlik manbalaridan oʻzining oʻta yuqori monoxromatligi (yaʼni chastotasining turgʻunligi) va nurlanish quvvati b-n farq qiladi. Gazli Kvant generator uzluksiz tartibda 5 kVt gacha nurlanish quvvatiga ega. Qattiq jismli generator esa 1013 Vt gacha nurlanish quvvatiga ega. Kvant generator radiofizika, optika va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KVANT GENERATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
LAZER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты