KVARTET

KVARTET (lot. guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar Kvarteti (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham Kvartet ansambllari keng oʻrin olgan: «Bitlz» (Angliya), «ABBA» (Shvetsiya), «Orera» (Gruziya), «Sideriz» (Oʻzbekiston) va b. ;

2) 4 sozanda, baʼzan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko (9 ta, 1945—95), Ik. Akbarov (6 ta, 1963—88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b. ning Kvartet lari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: KVARTET haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
MUSIQA
XITOY
HINDISTON
RAJABIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты