JOUL-LENS QONUNI

JOUL-LENS QONUNI — oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori Q tok kuchi / kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi R va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U Q^kPRt, bunda k — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt s da olinsa, koeffitsiyent k-0,239=0,24 boʻlganda Q kaloriyalarda, k—h boʻlganda Q Joullarda ifodalanadi. Joul-lens qonuni —L. q. ni Joul-Lens Qonuni Joul 1841-y. da yaratgan, undan mustaqil ravishda E. X. Lens 1842-y. da tajribada tasdiqlagan. J.-—L. q. ning amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.


Lotin alifbosida maqola: JOUL-LENS QONUNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ELEKTR
SUV BILAN ISITISH
FIZIKA
VAQT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты