KIMYOVIY TOLALAR

KIMYOVIY TOLALAR — tabiiy va sintetik polimerlardan olinadigan tolalar. Dastlabki xom ashyoga qarab sintetik (sintetik polimerlardan olinadigan, mas, poliamid, poliakrilonitril tolalar) va sunʼiy (tabiiy polimerlardan, mas, sellyuloza va uning efirlaridan olinadigan tolalar) turlarga boʻlinadi. Anorganiq birikmalardan olinadigan tolalar (shisha, bazalt, kvars tolalari) ni ham baʼzan Kimyoviy tolalarga qoʻshishadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan Kimyoviy tolalar turlari: 1) uzun yakka tola;

2) shtapel tola (ingichka tolalarning kalta boʻlaklari); 3) filament iplar (bir talay ingichka va juda uzun tolalarning eshilgan tutami). Kimyoviy tolalar qanday maqsad uchun ishlatilishiga qarab toʻqimachilik va texnika iplariga boʻlinadi. Ularning koʻpchiligi pishiq, gʻijimlanmaydi, yorugʻlik, namlik, zamburugʻlar, bakteriyalar, kimyoviy moddalar va issiq taʼsiriga chidamli. Kimyoviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib ishlatish mumkin. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun elastik va uzun, tarmoqsiz yoki kam tarmoklangan, makromolekula hosil qiluvchi polimerlar ishlatiladi. Bu tolalar yetarlicha katta molekulyar massaga ega boʻlib, eritilganda va qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish jarayoni: yigiriladigan eritmalar tayyorlash; tola olish va tolaga shakl berish; tolani pardozlashdan iborat. Kimyoviy tolalar arzonligi va sifati (mexaniq xossalari: mustahkamligi, elastikligi, yeyilishi, kirishimligi) tabiiy tolalarga nisbatan yaxshi boʻlgani uchun tobora koʻp ishlab chiqariladi. 1990-y. da butun dunyoda tayyorlangan tabiiy tolalarga nisbatan 1,5 barobar koʻp miqdorda (26 mln. t ga yaqin) Kimyoviy tolalar ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2000-y. da tabiiy tolalarga nisbatan 2,5 barobar koʻp mikdorda (45—50 mln. t) Kimyoviy tolalar ishlab chiqarildi. Kimyoviy tolalar turli sohalarda tabiiy ipak, zigʻir tolasi, jun oʻrnida, gazmollar, trikotaj, qoʻlqop va paypoqlar, gilamlar, arqonlar, maxsus ish kiyimlari i. ch. da tabiiy tolalar bilan birga ishlatiladi. Oʻzbekistonda «Navoiy Azot» z-dida nitron tola. Fargʻona kimyoviy tolalar z-dida atsetat tola va texnik maqsadlar uchun kapron tola ishlab chiqariladi.

Abdushukur Sarimsoqov.


Lotin alifbosida maqola: KIMYOVIY TOLALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
KIMYO
BAKTERIYALAR
YER
TOʻQIMACHILIK TOLALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты