TOʻQIMACHILIK TOLALARI — arqoq va tanda iplari, gʻaltak ip va b. toʻqimachilik buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan, uzunligi koʻndalang qesimi yuzasidan ancha katta boʻlgan, egiluvchan, ingichka va pishiq materiallar. Toʻqimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy guruxlarga boʻlinadi.
Tabiiy tolalar yuqori molekulali organik moddalar — oʻsimlik organlari va hayvonlar juni hamda momigʻidan, oʻsimliklar urugʻi (mas., paxtali chigit), poyasi (mas., zigʻir tolasi), bargi (mas., yukka tolasi), mevasi (mas., lastochnik tolasi), ipak qurti pillalaridan olinadi. Tabiiy tolalar yuqori molekulali anorganik moddalar (mas., mineral va b.)dan ham ishlab chiqariladi (yana q. Kimyoviy tolalar).
Boʻylamasiga ajralmaydigan (yakka) Toʻqimachilik tolalari elementar tolalar, bir necha elementar tolalarni boʻylamasiga biriktirib xreil qilingan Toʻqimachilik tolalari texnik tolalar deyiladi. Ancha uzun elementar Toʻqimachilik tolalari elementar iplar deb ataladi. Baʼzi Toʻqimachilik tolalarida kanallar boʻladi. Toʻqimachilik tolalari dan, asosan, ip olinadi, undan esa gazlama, trikotaj, toʻqimachilik buyumlari va b. narsalar tayyorlanadi. Toʻqimachilik tolalari orasida eng keng tarqalgani paxta tolasi hisoblanadi. Paxta tolasidan kiyimkechak, texnik mato va turlituman trikotaj, iplar, paxtadan esa momiq paxta, yigirilmaydigan materiallar va b. tayyorlanadi.
Lub tolalaridan biri — zigʻir poyasidan olinadigan tola juda ingichka, pishiq, kam choʻziladi, gigroskopik boʻladi. Uning ipidan qopqanor, kiyimkechak, texnik mato va b. gazlamalar tayyorlanadi. Dagʻal poya tolasi — kanop va penkadan arqonlar, dagʻal gazlamalar tayyorlanadi. Jut ham dagʻal poya tolasi boʻlib, u koʻp tarqalgan, namni oʻziga yaxshi tortadi, xossasi kanopnikiga yaqin. Undan koʻproq shakar qoplari va b. tayyorlanadi. Tabiiy tolalardan jun va ipak kiyimkechak va b. tayyorlashda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.
Asbest mineral Toʻqimachilik tolalaridan boʻlib, texnik matolar tayyorlashda, koʻpchilik sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Tabiiy Toʻqimachilik tolalari sof va aralash (mas., junpaxta) holda, koʻpincha, shtapel tolalari bn aralashgan holda ishlatiladi. Aralash holdagisi gazlama sifatini yaxshilaydi, i. ch. tannarxini kamaytiradi.
Toʻqimachilik tolalari ichida shisha tola va iplar alohida oʻrin egallaydi. Ular texnikada elektr, issikushk, tovush izolyatsiyasi va b. izolyatsiya, filtrlash (suzish) materiallari, yonmaydigan buyumlar, shishaplastiklar va b. tayyorlash uchun ishlatiladi (yana q. Gazlama, Kipim, Toʻqimachilik sanoati, Toʻquvchilik).