JOʻRCHI, kal jurchi (Neophron percnopterus) — qarchigʻaylar oilasiga mansub yirtqich kush. Boʻyi 60—70 sm, vazni 2,5 kg cha. Jan. Yevropa, Afrika, Hindiston va Osiyoning gʻarbiy qismida yashaydi. Oʻzbekistonda togʻ etaklari va Qarshi choʻlida uchraydi. Tuxum qoʻyish davrida togʻ, qir va jarliklarda, boshqa davrda esa ochiq tekisliklarda, shahar va qishloqlarda yashaydi. Qoya va jarlikka in quradi. Apr. —mayda 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 40 kungacha bosib yotadi. Joʻjalari iyul—avg. da uchirma boʻladi. Joʻrchi asosan, oʻlimtiklar va har xil tashlandikdar bilan oziklanadi.