JOʻYAK

JOʻYAK — tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga koʻra kuzda yoki baxrrda yer yetilganda olinadigan ekish arigʻi; ikki pushta oʻrtasidagi ariq. Koʻproq kartoshka va poliz ekinlari J. olib ekiladi. Joʻyakning «ilon izi»,«dandana», toʻgʻri (egat) xillari bor. J. ning egat xili keng tarqalgan. «Ilon izi» («aylanma») shaklida olingan Joʻyakning kengligi 80 — 90 sm, chuq. 40—50 sm, pushtasi (ikki arigʻi oʻrtasi) poliz ekinlari uchun 1,5—2,5 m, boshqa ekinlar uchun 60 — 80 sm kenglikda olinadi. Uning bir burilishi bilan ikkinchi burilishi oʻrtasidagi oraliq yer nishabiga qarab 4^7 m. J. ga quyilgan suv oyoklagach, etagidan boshlab, Joʻyak suv bilan (2/3 qismgacha) toʻlishiga qarab, quloq bogʻlab chiqiladi (har 1—2 ariqning suv bilan toʻlgan joyi tuproq tortib bekitiladi). Joʻyakning nam chiqqan yeriga urugʻ ekiladi. Ekin butun oʻsuv davrida Joʻyakdan sugʻorib turiladi. Joʻyakning burilgan joyiga chim bosib, suvni oqova qilib quyish ham mumkin. Joʻyakning «dandana» usulida Joʻyak barmoq shaklida olinadi, uzunasiga tortilgan oʻq ariqdagi suv boshi berk (barmoq) ariklarga toʻldirib qoʻyiladi. Joʻyakning «ilon izi» va «dandana» turlari asosan ketmon bilan ochiladi (mexanizatsiyadan foydalanib boʻlmaydi). Egat — 100—150 m va undan ortiq uzunlikda bir-biriga parallel olingan Joʻyak lardir. Paxtachilikda markyor tashlab 120 yoki 180 sm kenglikda va 25—30 sm chuqurlikda olinadi. Ekin Joʻyakning ikki tomoniga yoki ikki qirgʻogʻiga ekiladi. Gullash faza-sida ekilgan qatorlar oʻrtasidan egat ochilganda 90 yoki 60 sm li qator oraligʻi hosil boʻladi, ekin pushta oʻrtasida qoladi. Tekis dalaga nisbatan Joʻyak dagi tuproqning havo-issiklik va suv rejimi qulay boʻladi. Joʻyakda urugʻ tushgan atrof va undan pastroqda tuproq harorati boshqa joylarga Karaganda 0,9—3,0° koʻproq isiydi.

Abdurahim Ermatov.


Lotin alifbosida maqola: JOʻYAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
ALMASHLAB EKISH
EKINLARNI EKISH
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты