LAKTONLAR

LAKTONLAR — halqasida — COO – guruhi boʻlgan oksikislotalarning ichki siklik murakkab efirlari. Sut va sut mahsulotlari, oʻsimlik muskuslari tarkibiga kiradi. Odatda, suyuqliklar yoki oson suyuqlanadigan qattik moddalardan iborat. Laktonlar — parchalanmay haydaladigan neytral moddalar; suv qoʻshib qaynatilganda oksikislotalarga aylanadi. Ishqorlar eritmasi qoʻshib qizdirilganda oksikislotalarning tuzlarini hosil qiladi, galogenvodorod biriktirib, galogen almashingai kislotalarni, ammiak bilan esa kislotalar amidlarini hosil qiladi. Dori tayyorlashda, organik sintezda va xushboʻy moddalar olishda ishlatiladi. Baʼzi Laktonlar (mas, mevalolakton) jarrohlikda qoʻllaniladigan terpenlar biosintezida, biologik inert gidrofil poliuretanlar sintezida boshlangʻich moddalar hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: LAKTONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
TERPENLAR
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты