TERPENLAR

TERPENLAR — tabiatda keng tarqalgan toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi (S5N8)l yaq2, 3, 4 va h. k. boʻlishi mumkin. Barcha Terpenlar, odatda, izoprenning polimerizatsiyalanishidan X. OSIL boʻlgan mahsulotlar deb qaraladi. Terpenlar molekuladagi izopren boʻgʻimlariga qarab, quyidagi qatorlarga boʻlinadi: xususiy mono T. (pq2) (koʻpincha Terpenlar deganda faqat shu birikmalar tushuniladi); seskviterpenlar (yaq3); diterpenlar (yq4) (diterpenlar hosilalariga smola kislotalari mansub); triterpenlar (yaq6) (bunga sterin va gormonlar kiradi); politerpenlar (p bir necha yuzdan oʻnlab minggacha) (tabiiy kauchuk, guttapercha kiradi).

Terpenlarning har bir qatori, oʻz navbatida, quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

1) alifatik yoki atsiklik Terpenlar — uglerod atomlari ochiq zanjirli birikmalar. Bu guruhning xususiy Terpenlari (S|0N|6) 3 ta qoʻsh bogʻlidir (mirsen, otsimen);

2) karbotsiklik T. Bu birikmalarda bir yoki bir necha uglerod atomi halqasi boʻladi. Halqalar soniga qarab, Terpenlar quyidagilarga boʻlinadi: a) 1 ta olti aʼzoli halqali monotsiklik T. Bu guruhning xususiy Terpenlari 2 ta qoʻsh bogʻlidir (limonen, terpinenlar, terpinolen); b) 2 halqali bitsiklik T. Bu guruh Terpenlari (SYUN|6) 1 ta qoʻsh bogʻlidir (pinenlar, kamfen); v) 3 ta uglerod atomi halqasi boʻlgan tritsiklik T. Bu guruh Terpenlari (S10N|6)da qoʻsh bogʻlar boʻlmaydi; g) diterpenlar, triterpenlar va politerpenlarda 3 tadan ortiq halqa boʻlishi mumkin. Terpenlar hosilalari funksional guruhlari tavsifiga qarab, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, oksidlar, gidroksidlar, peroksidlar, kislotalar va h. k. ga boʻlinadi.

Monoterpenlar zichligi 1000 kg/m3 gacha, qaynash trasi 150—190°, seskviterpenlarniki 230—300°, diterpenlarniki 300°dan yuqori. Terpenlar — xushboʻy; suvda erimaydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.

Terpenlar va uning hosilalari gullar, mevalar, oʻsimlik bargidan olinadigan efir moylarining tarkibiy qismidir. Terpenlar oʻsimliklardan bugʻlatib, quruq haydab, ekstraksiyalab olinadi. Kimyo, atirupa, farmatsevtika, lokboʻyoq, qogʻoz, sovun sanoatida keng qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: TERPENLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KAUCHUK
ORGANIK KIMYO
KARBOTSIKLIK BIRIKMALAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты