LALLEMANSIYA

LALLEMANSIYA, lyallemansiya (Lallemantia) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Osiyoda 6 (Hindiston va Pokistonda

5) turi maʼlum. Dehqonchilikda Lallemansiyaning iberiy (L.iberica) turi, asosan, Eron, Qrim, Shim. Kavkaz, Armanistonda ekiladi. Lallemansiya issiklikka va namgarchilikka talabchan emas, qurgʻoqchilikka chidamli. Poyasi tik, sershox, boʻyi 20—90 sm. Bargi choʻziq, qarama-qarshi. Guli ikki jinsli, rangi oq, pushti yoki och binafsha, toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi koʻsakcha. Urugʻi mayda, 1000 donasi 4—6 g, tarkibida 35 — 38% tez quriydigan, asosan, lok-boʻyoq sanoatida va oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Kunjarasi mollarga beriladi. Lallemansiya bahorda keng qatorlar (qator orasi 45 sm) ekiladi. Oʻsuvdavri 70—90 kun. Hosildorligi urugʻ boʻyicha 8—10 s/ga.


Lotin alifbosida maqola: LALLEMANSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
HINDISTON
Ulug'bek Ismailov - Guli
XITOY
KUNJUT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты