LAGʻMON

LAGʻMON (xitoycha «la myan» — choʻzilgan xamir) — pishitilgan xamir chilvir qilib choʻzilib tayyorlanadigan taom. Xamir qorilgach (0,5 kg unga 1 stakan suv, 1 choy qoshiq tuz hisobida), 1 soatcha tindirish uchun oʻrab qoʻyiladi. Xamir mushtlab pishitiladi, shu xamirdan qoʻlda (yoki maxsus mashinada) Lagʻmon xamiri choʻziladi (yoki yoyilib ugra kesiladi). Lagʻmon chilviri bir-biriga yopishib ketmasligi uchun yuziga dogʻlab sovitilgan oʻsimlik moyi surtiladi. Xamirni qaynab turgan tuzli suvga solib, suv yuziga qalqib chiqquncha pishiriladi. Pishgan xamir sovuq suvda chayiladi. Lagʻmonga qayla tayyorlash uchun goʻsht, bulgʻor qalampiri va piyoz, sabzi, turp, karam, pomidor, sarimsoq, kartoshka kabi masalliklar toʻgʻraladi, oshkoʻklar, jusay mayda qirqiladi. Dogʻlangan yogʻda goʻsht, piyoz va sarimsoq, bulgʻor qalampiri, pomidor qovuriladi, turp, kartoshka va oshkoʻklarni solib suv quyiladi. Dasturxonga tortishda likop yoki kosalarda xamiri yuziga qayla solib suziladi. Bir choy qoshiq lozijon solinadi. Lagʻmonning kesma Lagʻmon, choʻzma Lagʻmon, qovurma Lagʻmon, shiman, shivit oshi va b. turlari bor.


Lotin alifbosida maqola: LAGʻMON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XAMIR
MANPAR
Tushda xamir ko`rsa nimani bildiradi.
PIYOZ
CHOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты