LINGVISTIK ATLASLAR

LINGVISTIK ATLASLAR, dialektologik atlaslar — maxsus dastur — soʻroqlik asosida tayyorlangan, maʼlum bir yoki bir necha oʻzaro yaqin tillarga xos dialektal xususiyatlarning hududiy tarqalish chegarasini aks ettiradigan dialektologik xaritalarning albom shaklida tartibga solingan toʻplami. Lingvistik atlaslar tuzish ishlari maʼlum tilning asosiy dialektik xususiyatlari oldindan maʼlum boʻlgandan soʻng boshlanishi mumkin. Material tuplashga muljallangan dastur-soʻroklikning xususiyati, materialni toʻplash va yozib olish usuli, xaritalashtirish tartibi atlas tuzuvchilarning maqsadi, ish hajmi, mavjud imkoniyatlariga karab belgilanadi. Dastur tilning barcha sathlarini yoki ulardan birini — leksika yoki fonetikani — qamrab olishi mumkin. U yoki bu til hodisa-sini aniqlashga qaratilgan savollar mikdori 40—50 tadan bir necha mingtagacha buladi. Lingvistik atlaslar tuzish har bir milliy til dialektologiyasining rivojlanishidagi muhim bosqich boʻlib, u tilni lingvistik geografiya usuli bilan oʻrganish uchun asos vazifasini bajaradi.


Lotin alifbosida maqola: LINGVISTIK ATLASLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
GEOGRAFIK ATLAS
FRANSIYA
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты