LIPARI OROLLARI — Tirren dengizidagi bir guruh vulkan orollari. Italiya hududi, Sitsiliya o. dan shimolda. 7 ta yirik (Lipari, Salina, Vulkano, Filikudi, Stromboli, Aliku-di, Panarea) va 10 kichik orollardan iborat. Umumiy mayd. 117 km2. Asosan, bazalt va tuflardan tashkil topgan. Vulkano va Stromboli o. larida harakatdagi vulkanlar (bal. 926 m) bor. Iklimi va oʻsimliklari Oʻrta dengiz tipli. Zaytun, tok, anjir oʻstiriladi. Oltingugurt konlari bor. Vino eksport qilinadi.