KLAVESIN

KLAVESIN, chembalo f[rans. clavecin, ital. cembalo, lot. clavicymbalum — klavishli simbala (changeimon musiqa cholgʻusi) soʻzidan] — klavishli torli-tirnama musiqa cholgʻusi. 16-a. dan maʼlum. Hoz. fortepiano (royal)ning oʻtmishdoshi. Klavishlar bosilishi natijasida torlari pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, dinamikasp deyarli oʻzgarmaydigan tovush hosil qilinadi. 17—18-a. lar davomida Klavesinning shakl qiyofasi hamda klaviaturalar soni oʻzgargan, pay torlari sim torlar bilan almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, spinet, klavitsiterium kabi turlari vujudga kelgan. Bunday Klavesinlar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Koʻperen, J. Ramo kabi kompo-zitorlar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Fransiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. 18-a. oxiridan Klavesin oʻrnini fortepiano egalladi. Lekin 20-a. boshidan Klavesin hamda aynan uning uchun muljallangan musiqaga yana qiziqish tugʻilib, u baʼzi cholgʻu ansambl hamda orkestrlar (mas, «Turkiston» kamer orkestri) tarkibiga kiritildi.


Lotin alifbosida maqola: KLAVESIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
ITALIYA
MUSIQA
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты