LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI

LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI — Yevklid geometriyasinpng aksiomalar sistemasidan faqat parallellik aksiomasi bilan farq qiladigan, aksiomalar sistemasiga asoslangan geometrik nazariya. L. g. da Yevklidning parallellik aksiomasi oʻrniga quyidagi aksioma qabul qilinadi: agar toʻgʻri chiziq va undan tashqarida nuqta berilgan boʻlsa, ularni oʻz ichiga olgan tekislikda shu nuqtadan oʻtuvchi, lekin berilgan toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan kamida ikkita toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin.

Lobachevskiy geometriyasining manbai — Yevklidning «Negizlar» asarida taʼriflangan beshinchi postulatni isbotlash uchun Ibn al-Xaysam (10-a.), Umar Xayyom (12-a.), Nasriddin Tusiy (13-a.), Prokl (15-a.), Lejandr, Lambert va b. matematiklar tomonidan qilingan urinishlardir. 19-a. da beshinchi postulatni boshqa aksiomalar asosida isbotlab boʻlmaydi, yaʼni u mustaqil aksioma, degan fikr vujudga keldi. Agar beshinchi postulat aksioma sifatida qabul qilingan boʻlsa, uning inkori ham boshqa aksi-omalarga zid boʻlmasligi kerak. Yevklidning beshinchi postulati oʻrniga yuqoridagi aksiomaga asoslangan geometriyani birinchi marta 1826-y. da N. I. Lobachevskiy, undan keyinroq Ya. Bolyay taklif qildi.

Yevklid geometriyasining parallellik aksiomasiga asoslanmagan teoremalari Lobachevskiy geometriyasida ham oʻrinli boʻladi, parallellik aksiomaga asoslangan teoremalari esa Lobachevskiy geometriyasida oʻrinli boʻlmaydi. Lobachevskiy geometriyasida uchburchakning ichki burchaklari yigʻindisi 180° dan kichik.

Lobachevskiy geometriyasining mantiqiy ziddiyatsizligini birinchi marta italyan matematigi E. Beltrami 1868-y. da isbotladi. U psevdosferaning geodezik chiziqlari toʻgʻri chiziq deb qaralsa, hosil boʻladigan geometriya L. g. ekanligini koʻrsatdi. Bu fakt Lobachevskiy geometriyasining Beltrami interpretatsiyasi (izohi) deyiladi. Keyinchalik F. Kleyn va A. Puankare ham Lobachevskiy geometriyasining boshqa interpretatsiyalarini berdilar.

Lobachevskiy geometriyasi — mat., mexanika va fizikada keng tatbiq etiladigan nazariya. Shu bilan birga Lobachevskiy geometriyasining yaratilishi moddiy olam haqidagi tasavvurimizni boyitdi. Yevklid geometriyasi olamni toʻgʻri aks ettiruvchi yagona geometriya emasligini koʻrsatdi.

B. Rimanning elliptik geometriyasidan farqlash uchun Lobachevskiy geometriyasi baʼzan noyevklid giperbolik geometriya ham deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: LOBACHEVSKIY GEOMETRIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
GEOMETRIYA
MATEMATIKA
YER
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты