LOKLI MINIATYURA

LOKLI MINIATYURA — yogʻoch, metall, magʻzi soxta (papyemashe)dan ishlanib usti lok bilan qoplangan bezakli buyumlar; kupincha boʻrtma, oʻyma, qadama, chizma naqshlar bilan bezatiladi. Lokli miniatyuraning asosiy xususiyati — sillis tekis yuzaning tiniq jilvasi, zamin ranglari, tasvir va inkrustatsiya keskinligi, oʻyma bezaklarda jozibali nursoya oʻyini, shaklining yorqinligi.

Xitoyda mil. av. 2-ming yillikdan maʼlum (kosa, koʻza, quticha, pardoz idishchalari va b.), ayniqsa, koʻp tabaqali oʻyma, qora yoki rangli zaminga boʻyoqlar, tilla bilan ishlangan tasvirlar, sadaf, kumush va b. qadab bezatilgan (sirti lok daraxti sharbati bilan krplanib pardozlangan) buyumlar keng tarqalgan. Buyumlarning bezak mujassamotlarida manzara, gullar, maishiy lavhalar koʻp uchraydi. Lokli miniatyura Koreya, Yaponiya, Hindixitoy mamlakatlarida shuningdek, Vyetnam, Laosda ham keng tarqalgan. 15—17-a. larda Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo (Hirot)da, ayniqsa, tempera bilan ishlangan magʻzi soxtadan yasalgan buyumlar mashhur boʻlgan. Hindiston L. m. buyumlariga odamlar, qushlar shakllari tushirilgan. 15—16-a. larda yaratilgan qoʻlyozma kitoblar muqovalarida turli mavzuda yaratilgan Lokli miniatyuralar uchraydi. Mas., Alisher Navoiy devoni qoʻlyozmalari muqovalari.

Lokli miniatyura 15—17-a. larda Sharqdan Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo orqali Yevropaga kirib kelgan, 18-a. da rivojlangan: Fransiyada «Marten» firmasi, Germaniyada Lokli miniatyura f-kalarining miniatyuralar bilan bezatilgan buyumlari (tamakidon, quticha va b.) usuli va badiiy mahorati bilan ajralib turadi; 18-a. dan Rossiyada ham yogʻoch, papye-mashe, metall buyumlarga moyboʻyoq bilan tasvir ishlash va uni loklash anʼanasi rivojlangan.

Markaziy Osiyoda, jumladan Buxoroda 16-a. da Lokli miniatyura mavjud boʻlganligi va badiiy buyumlar tayyorlanganligi haqida maʼlumotlar saqlangan. Oʻzbekistonda miniatyura sanʼati keng koʻlamda va izchil rivojlanishi 20-a. 70-y. lariga toʻgʻri keladi. Kitobat sanʼatiii qayta tiklash uchun olib borilgan harakatlar samarali yakunlandi. 1991-y. dan Lokli miniatyura amaliy sanʼatning keng tarqalgan turlaridan biriga aylandi. Magʻzi soxtadan qilingan buyumlarni badiiy bezatishda naqsh mujassamotlarida yozuvlardan foydalanish, oʻrta asr miniatyurasi anʼanalariga tayanish muhim natijalar berdi. Anʼanaviy mavzularda asarlar yaratish, shu bilan birga bu mavzular asosida erkin mujassamotlar ham yaratishga intilish kuzatiladi. Sh. Muhammadjonov, N. Xolmatov, T. Boltaboyev, A. Isroilov, Sh. Shomansurov, A. Yoʻldoshev, B. Yoʻldoshev va b. bu sohada samarali ijod qilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: LOKLI MINIATYURA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
XITOY
ERON
YAPONIYA
VYETNAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты