LONDON QIROLLIK JAMIYATI

LONDON QIROLLIK JAMIYATI, Tabiat haqidagi bilimlar taraqqiyoti boʻyicha London qirollik jamiyati — Buyuk Britaniyaning yetakchi ilmiy jamiyati, Yevropadagi kad. ilmiy markazlardan biri. 1660-y. tashkil etilgan va 1662-y. Qirollik xartiyasi bilan tasdiklangan. Buyuk Britaniyada i. t. larni tashkil etish va rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi hamda ilmiy siyosatning asosiy masalalarini hal etishda maslahat organi, xalqaro nohukumat ilmiy assotsiatsiyalarda milliy FA sifatida ish koʻradi.

London qirollik jamiyati, asosan, tabiiy fanlar soxasida tadqiqot olib boradi. London qirollik jamiyati taʼsischilardan biri ingliz fizigi va kimyogari R. Boyl. R. Guk, K. Ren, I. Nyuton L. q. j. ning dastlabki rahbarlaridan boʻlishgan. 1 mingdan ortiq aʼzosi bor. Jahondagi eng qad. ilmiy jur. lardan biri boʻlgan «Falsafiy axborot»ni nashr etadi (1665-y. dan).


Lotin alifbosida maqola: LONDON QIROLLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
FRANSIYA
HINDISTON
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты