LOTIN ALIFBOSI

LOTIN ALIFBOSI, lotin yozuvi — Qad. Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining («lotin» soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Mil. av. 9—8-a. larda hoz. Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat mil. av. 4—3-a. lardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (mil. av. 6—4-a. lar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, mil. av. 4-a. dan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, mil. av. 1-a. dan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 – a. da W harfi, 16-a. da xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.

Hoz. Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — «antikva») va got yozuvi («fraktura» deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hoz. amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.

Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-a. dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hoz. davrda dunyo tillarining 30—35%i L. a. dan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 y. larda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (q. Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: LOTIN ALIFBOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
YOZUV
TOSHKENT
YER
TINISH BELGILARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты