LOTIN AMERIKASI

LOTIN AMERIKASI (ispancha America Latina) — Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel – Norte daryosidan jan. da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy mayd. 20,5 mln. km2. L. A. da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. Lotin Amerikasi aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. Lotin Amerikasi mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va b. yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. L. A. axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi «Lotin Amerikasi» deb ataladi.

Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar Lotin Amerikasi aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-a. ning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan Lotin Amerikasining bosib olinishini boshlab berdi. 19-a. ning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi b-n yakunlandi.

Lotin Amerikasining 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. Lotin Amerikasi tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari Lotin Amerikasida qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va b. ni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan.

Lotin Amerikasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. L. A. mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor mahsulot keltiriladi. Yana L. A. da joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarang.


Lotin alifbosida maqola: LOTIN AMERIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TRINIDAD VA TOBAGO
JANUBIY AMERIKA
BUYUK BRITANIYA
PANAMA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты