KLOSSh GʻOʻZASI

KLOSSh GʻOʻZASI (Gossypium Klotzschianum Anderss) — yovvoyi gʻoʻza turi. Xromosomalar soni 2p=26, genomi D3_k, 1853-y. da kashf qilingan. Birinchi marta Anderson taʼriflab bergan. Vatani — Galapagos orollari. Orol qirgʻoqlaridagi toshloq yerlarda oʻsadi. Klossh gʻoʻzasi yumshoq, kalta tuklar bilan qoplangan koʻp yillik buta. Boʻyi 4 m cha, hosil shoxlari kalta, baʼzan qoʻshaloq boʻla-di, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan. Koʻsagi 3 va 5 chanoqli, mayda, uzunchoq sharsimon, yuqoriga qarab toraygan, uchi toʻmtoq. Har bir chanogʻida 6 tadan chigiti bor. Chigitp mayda, kalta qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi qattiq, toshchigit. Klossh gʻoʻzasi qurgʻoqchilikka chidamli, qatʼiy fotodavriy oʻsimlik. Davidzon gʻoʻzasi b-n chatishib pushtli, Meksika fasi, peru gʻoʻzasi bilan puch chigitli, raymond gʻoʻzasi b-n bepusht duragay hosil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: KLOSSh GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PERU GʻOʻZASI
MEKSIKA
MEKSIKA GʻOʻZASI
GʻOʻZA
PALLALI GʻOʻZA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты