LOʻDIYLAR

LOʻDIYLAR — Hindistondagi Dehli sultonligi (1206—1526)da hukmronlik qilgan sulola (1451 —1526). L. Hindistondagi afgʻon qabilalaridan. Asoschisi — Bahlul Loʻdiy. U qariyb 40 yil Dexli sultonligini boshqargan. Baxlul Loʻdiy davrida Janpur (1479), Gvalior, Kalpna va Dholpur sultonliklari Dehli sultonligiga qoʻshib olingan. L . ning oxirgi hukmdori Ibrohim Loʻdiy davrida (1517—26) mamlakat siyosiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutgan, afgʻon mulkdor zodagonlarining isyonlari kuchaygan. 1526-y. Panipatda (Dehli yaqinida) Bobur qoʻshini bilan boʻlgan urushda Ibrohim Loʻdiy oʻldirilgach, Loʻdiylar sulolasi tugagan. Loʻdiylar hukmdorlari: Bahlul Loʻdiy, Iskandar Loʻdiy, Ibrohim Loʻdiy.


Lotin alifbosida maqola: LOʻDIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBUR
YAPONIYA
HINDISTON
XITOY
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты