KOVALEVSKIY Aleksandr Onufriyevich

KOVALEVSKIY Aleksandr Onufriyevich (1840.7(19) .11, Latviyaning Dinaburg uyezdi Shustyanka qishlogʻi — 1901.9(22).11, Peterburg) — rus evolyutsionisti-zoologi, qiyosiy embriologiya va fiziologiya, eksperimental va evolyutsion gistologiya asoschilaridan biri, Peterburg FA akad. (1890-y. dan), V. O. Kovalevskiyning akasi. Peterburg un-tini tugatgan (1863). Kiyev (1869—74), Novorossiysk (1874—90), Peterburg (1891—94) un-tlari prof., Sevastopol biologiya st-yasi direktori (1892—1901). Kovalevskiy umurtqasiz xayvonlar (boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar) va xordalilar (lansetnik, assidiya va b.)ning embrioni rivojlanishini oʻrgangan. Umurtqasiz qayvonlarda murtak varaqlari toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqqan, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar rivojlanishi qonuniyatlarining umumiyligini koʻrsatib, ularning evolyutsion qarindoshligini isbotlab bergan.

As: Izbrannыye rabotы, M., 1951.


Lotin alifbosida maqola: KOVALEVSKIY Aleksandr Onufriyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
EMBRIOLOGIYA
HAYVONLAR SISTEMATIKASI
GISTOLOGIYA
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты