KOVATOK

KOVATOK, kovatok doʻlma — masalliklari tok bargiga oʻrab tayyorlanadigan milliy taom. Tayyorlanishi doʻlma usulida. Yogʻliq goʻsht va piyozdan toʻz, murch, qalampir solib qiyma tayyorlanadi. Yangi uzib olingan tok barglari issiq suvda yuviladi va har bir bargga qiyma solib oʻraladi. Oʻralgan Kovatok ipga tiziladi. Kovatok palov shoʻrvasiga goʻsht oʻrnida solib pishirilsa Kovatok palov (tok oshi), qozonga terib shoʻrvada pishirilsa Kovatok doʻlma, manti qasqonda pishirilsa Kovatok manti deb yuritiladi. Kovatok 25 —30 min. da pishadi. Kovatokni tok bargini konservatsiyalab, qishda ham tayyorlasa boʻladi. 0,5 kg goʻshtga 0,5kg piyoz, 100—150 dona tok bargi kerak boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: KOVATOK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PALOV
PIYOZ
DOʻLMA
MANTI
Ummon - Dona-dona


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты