KOD

KOD (frans. code, lot. codex — qonunlar majmui) — 1) turli axborotlarni ifodalovchi shartli belgilar (timsollar) tizimi. Kod belgilarining biror maʼnoni anglatgan tugal ketmaketligi soʻz deyiladi. Kod soʻzlarida foydalaniladigan turli timsollar soni uning a s o s i deyiladi. Kodni yozma tarzda ifodalash uchun koʻpgina raqamlar, sonlar (mas, 0; 1,…57; 927 va b.), maxsus belgilar [mas, «—» (tire), «.» (nuqta) va ularning «omixta»lari] ishlatiladi (q. Morze alifbosi, Telegraf kodi);

2) raqamli hisoblash mashinalari (RHM) da programmalar (dasturlar) tayyorlash uchun qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi. RHM da koʻpincha ikkilik pozitsion Kod va ularga keltiriladigan Kod qoʻllaniladi. RHM da arifmetik amallarni bajarishda algoritmlarni soddalashtirish uchun toʻgʻri, teskari, qoʻshimcha K. lardan foydalaniladi. Toʻgʻri Kod, odatda, sonlarni RHM ning xotira qurilmasida saqlashda, teskari va qoʻshimcha Kodlar esa sonlar ustida arifmetik va b. amallarni bajarishda ishlatiladi;

3) telemexanikad a — maʼlumotlarni aloqa kanali orqali uzatish uchun moʻljallangan signallar tizimi; bunda radio xalaqitlarga turgʻunlikni taʼminlash uchun korretsiyalovchi (tuzatuvchi) Kodlar tuziladi. Kodning ayrim elementlarini ifodalash va uzatish uchun amplitudasi, chastotasi, fazasi va b. alomatlari turlicha boʻlgan signallar qoʻllaniladi; 4)astronomiyada — kometalar, yangi va oʻrta yangi yulduzlar kashf qilinganligi, sayyoralarda noyob hodisalar koʻzatilganligi va b. haqida rasadxonalar va astronomik telegrammalar xalqaro markaziy byurosi orasida oʻzaro telegraf axborotlari almashishda qoʻllaniladigan soʻz va raqamlar tizimi. Shakli Xalqaro astronomiya ittifoqi, KOSPAR (Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashi) va b. xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan belgilanadigan Kod va axborot-bibliografik Koddan foydalaniladi. Sunʼiy kosmik obyektlarni kuzatish st-yalarining ishini uyushtirish uchun maxsus Kod tuziladi;

5) harbiy Kod — harbiy mazmundagi maxfiy maʼlumotlarni yashirin uzatish uchun qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi. Shartli belgilar shtablar tomonidan tuzilishi va raqamli, harfli va b. maxsus belgili boʻlishi mumkin. Umumiy qoʻshin K. lari va maxsus (bir qoʻshin turi yoki qurolli kuchlar xili, mas, aviatsiya, harbiy havo kuchlari, artilleriya va x. k.) Klar boʻladi. Maʼlum qisqa vaqt uchun yoki jang va operatsiya vaqtlari uchun tuzilgan soʻzlashuv qamda radiosignal jadvallari eng va sodda harbiy Kod xisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: KOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MORZE KODI
TELEGRAF ALOQA
XOTIRA QURILMASI
TOSHKENT
TINISH BELGILARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты