TELEGRAF ALOQA

TELEGRAF ALOQA — diskret (harfraqamli) xabarlarni uzok, masofaga tez uzatish va qabul qilish hamda qabul punktida qayd etish; elektr aloqaning bir turi. Sim orqali uzatiladigan elektr signallar va simsiz radiosignallar orqali, telegraf apparati va fototelegraf (faksimil) apparat yordamida amalga oshiriladi. Telegraf aloqa elektr aloqaning bir turi sifatida 19-a. 30y. larida paydo boʻlgan. Axborotlarni uzatishda dastlab (pochta aloqasidan tashqari) yorugʻlik va tovush signallaridan foydalanilgan (q. Optik telegraf). Rossiyada 1832-y. da P. L. Shilling tomonidan telegraf apparati yaratilishi bilan Telegraf aloqaga asos solindi. Soʻngra B. S. Yakobi tomonidan elektromagnit telegraf apparati (1839) va harf bosish telegraf apparati (1850), S. Morze tomonidan elektromexanik telegraf apparati (1844) yaratilishi (q. Morze apparati) T. a. ning rivojlanishiga yordam berdi. Oʻzbekistonda Telegraf aloqa 19-a. oxiriga kelib Toshkent Orenburg telegraf liniyasi ochilishi bilan boshlangan. Hozir «Oʻzbektelekom» aksionerlik kompaniyasi telegraf va telefon aloqani tashkil etadi. Oʻnlab shaharlar bilan Telegraf aloqa bogʻlangan.

Uzatiladigan xabarlarning turiga qarab, Telegraf aloqa umumiy foydalanish, abonent, idora, faksimil xillarga boʻlinadi. Umumiy foydalanish Telegraf aloqasi aloqa korxonalariga keluvchi telegrammalar, pul oʻtkazmalari va b. ni uzatish uchun xizmat qiladi. Abonent telegraf yordamida abonentlarning xonalariga bevosita oʻrnatilgan telegraf apparatidan foydalanib muloqotlar olib borish mumkin. Idora T. a. si koʻplab hujjatli xabarlar uzatish va qabul qilishni talab qiladigan xalq xoʻjaligi tarmoqlari (t. y., transport, fuqaro aviatsiyasi va b.) da tashkil etiladi. Faksimil aloqa (fototelegraf aloqa) rayem, grafik, matnlarni masofada turib uzatish uchun xizmat qiladi (q. Faksimil aloqa).

Uzatishni tashkil etish usuliga qarab, Telegraf aloqa simpleks va dupleks turlarga boʻlinadi. Ikki telegraf styalari (yoki abonentlar) orasidagi simpleks Telegraf aloqa xabarlarni ikki tomonga navbat bilan uzatishga imkon beradi. Xabarlarni uzatish va qabul qilishda bitta telegraf apparatidan foydalaniladi.

Dupleks Telegraf aloqada axborot bir vaqtda ikkala tomonga uzatiladi (q. Dupleks aloka, Simpleks aloqa).

Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan Telegraf aloqaning telegraf apparatlari oxirgi styalari, kommutatsiya qurilmalari va kanallari telegraf tarmogʻini tashkil etadi.

Telegraf aloqada xabarlarni uzatish, qabul qilish va ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish, ularga kompyuterlarni tatbiq qilish orqali Telegraf aloqa takomillashtiriladi.


Lotin alifbosida maqola: TELEGRAF ALOQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
POCHTA ALOQASI
FAKSIMIL ALOQA
FIZIKA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты