FAKSIMIL ALOQA

FAKSIMIL ALOQA, fototelegraf — yassi qoʻzgʻalmas tasvirlar (jadvallar, rasmlar va harfliraqamli matnlar) ni uzoq masofaga uzatish va qabul punktida paydo qilish; elektr aloqaning bir turi. Telefaf aloqa tarkibiga kiritiladi. Simlar orqali yuboriladigan elektr signallar va radiosignallar yordamida amalga oshiriladi. Fototelegrammalarni joylarga uzatishda, meteorologik styalar orasida gidrometeorologiya xaritalarini almashinishda va b. hollarda Faksimil aloqa vositalaridan foydalaniladi.

Qoʻzgʻalmas tasvirni uzok, masofaga uzatish gʻoyasini italyan fizigi J. Kazelli 1855-y. da amalga oshirdi. 20-a. 20-y. larida fotoeffekt hodisasi, elektron lampalar, elektr tebranishlari kuchaytirgichlari paydo boʻlganidan soʻng Faksimil aloqa rivojlana boshladi. Dastlab Faksimil aloqa orqali faqat fototelegrammalar uzatilgan va fototelegraf aloqa deb atalgan. 50—60-y. lardan boshlab xaritagrafiya materiallari va gaz. saxifalari ham uzatila boshladi. Telefoniya va telegrafiya boʻyicha xalqaro maslahatlashuv qoʻmitasi (MKKTT) ning tavsiyasiga koʻra, 1953-y. da umumiyroq nom bn, yaʼni Faksimil aloqa deb atala boshladi.

Faksimil aloqa faksimil apparat yordamida amalga oshiriladi. Bu apparat mexanik, yorugʻlikoptika va elektron qurilmalar majmuidan iborat. U uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi turlarga boʻlinadi. Uning yordamida yassi qoʻzgʻalmas obyektlar (originallar) elektr aloqa liniyalari orqali uzatiladi va obyektning nusxasi (faksimil) tarzida qabul qilinadi.

Faksimil aloqada bajariladigan amallar: faksimil apparat uzatkichida uzatish obyekti (original) sirtini muayyan alomatlari (mas, optik zichligi) boʻyicha bir xil boʻlgan kichikkichik yuzachalarga boʻlib chiqish; shu yuzachalar tasvirini elektr impuls lariga aylantirish; shu impulyelarni aloqa liniyasi boʻyicha uzatish; qabul qilgichda bu impulyelarni tasvirga aylantirish va qayd qilish. Uzatiladigan obyekt (rayem, matn va b.) ning nusxasi (faksimil) shu tariqa hosil qilinadi. Tasvir nusxasi fotoqogʻoz, fotoplyonka, elektrografik, elektrokimyoviy, elektrotermik qogʻoz yoki oddiy yozuv qogʻoziga, ferromagnit material va b. ga qayd qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: FAKSIMIL ALOQA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
ITALIYA
FRANSIYA
TELEGRAF ALOQA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты