POCHTA ALOQASI

POCHTA ALOQASI — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h. k. ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar otda va piyoda estafeta tamoyili asosida tashilgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi bilan hunarmand va savdogarlarga xizmat qiluvchi shahar pochtalari vujudga keldi. Ular, ayni paytda, aholining boshqa tabaqalariga ham xizmat qildi.

16—17-a. larda Fransiya, Shvetsiya, Angliya va b. mamlakatlarda markazlashgan qirollik pochtalari paydo boʻldi. I. ch. ning oʻsishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan Pochta aloqasi ham taraqqiy etdi. Aloka mar-kalarinit muomalaga kiritilishi Pochta aloqasi tarixida yangi davr boshlab berdi. 1869-y. da Avstriyada pochta kartochkasi joriy etildi. 1874-y. da 22 mamlakat ish-tirokida l-Xalqaro pochta kongressi oʻtkazilib, Umumiy pochta ittifoqini tuzish haqida shartnoma imzolandi (1878-yildan Jahon pochta ittifoqi). Butun dunyoda oʻzaro yozishmalarni va yozma maʼlumotlarni ayirboshlashni muvofiklashtirish uchun 1978-y. da Ja-hon pochta ittifoqi konvensiyasi qabul qilindi. 19-a. ning boshlarida paroxod va parovozlar, 20-a. boshida samolyotlarning yaratilishi pochta joʻnatmalarini yetkazish tezligini keskin oshirdi. Pochta aloqasi xizmatlaridan na-faqat davlat, balki oddiy aholi ham foydalana boshladi. Telegraf (1832), telefon (1876), radio (1895) ning ix-tiro etilishi ham Pochta aloqasining jamiyat xayotida tutgan muhim oʻrnini oʻzgarti-ra olmadi. 20-a. da ham u eng qulay va ommabop aloqa vositasi sifatida sak,lanib qoldi.

Oʻrta Osiyoda Pochta aloqasiga oʻxshash aloqa turi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, mil. av. 5—4-a. larga toʻgʻri keladi. Oʻsha davrlarda harbiy choparlar podsholar farmoni va nomalarini noiblarga va qalʼalardan xabarlarni mamlakat poytaxtiga yetkazib turganlar. 13-a. da moʻgʻullar hukmronligi davrida xoqonlar poytaxtlaridan tumanlar va qoʻshni davlatlar chegaralariga boradigan asosiy yoʻllarda pochta manzilgoxlari — yom (bekat, rabot)lar tarmoklari barpo etilgan. Yomlar bir-biridan 20—25 km masofada qurilgan va ularni qoʻriqchi guruhlar muhofaza qilgan.

Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan soʻng Pochta aloqasi asosan, podsho Rossiyasi amaldorlari, ishbilarmonlari, mahalliy boshqaruv va hokimiyat organlariga xizmat koʻrsatdi. 1865-y. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qalʼasi bilan Chimkent sh. oʻrtasida dastlabki Pochta aloqasi yoʻlga qoʻyildi. Oʻsha yili avg. oyida Toshkentda 1-pochta styasi ochildi, pochta yoʻli Niyozbekdan Toshkentgacha yet-kazildi. 1868-y. Toshkent bilan Samarqand oʻrtasidagi Pochta aloqasi yoʻlga qoʻyildi. 1868-y. fev. da Toshkentda Rossiya Pochta va telegraf vazirligiga buysungan Sirdaryo va Samarqand viloyatlari pochta idoralari boshkarmasi tashkil etildi. Dastlab pochta ot-ulovda, t. y. qurilganidan keyin t. y. orqali tashiladigan boʻldi. 1885-y. 1 yanv. dan Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi.

1924-y. da Oʻzbekistonda 110 aloqa korxonasi ishladi, shulardan 30 tasi qishloq aholisiga xizmat koʻrsatdi. Pochta yoʻllarining umumiy uz. 1300 km ga yetdi, birinchi Toshkent — Samarqand xavo aloqa yoʻli ishga tushirildi. Urushgacha boʻlgan davrda respublikada Pochta aloqasi muntazam rivojlandi. 1937-y. it-tifoq Pochta va telegraf xalq komissarligining Oʻzbekiston hukumati huzuridagi vakilligi Boshqarmasi (1954-y. dan Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligi) tashkil etilganidan keyin Pochta aloqasi davlat aloqa xizmati sifatida rivojlandi. Pochta va matbuotni tashishda aviatsiya, t. y., avtomobil transportidan kenfoqfoydalaniddi. 1974-y. Toshkentda t. y. qoshida pochtamtning ochilishi, 1983-y. Toshkent pochtamtining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilishi b-n xat, joʻnatma, pul oʻtkazmalari, matbuot nashrlarini joʻnatish va yetkazib berish ishi yanada yaxshilandi. Pochta aloqasi alokaning eng keng tarqalgan va omma-viy turiga aylandi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan keyin Pochta aloqasi sohasida tub islohotlar amalga oshirilib, tarmoq korxonalari faoliyati qayta koʻrib chiqil-di, koʻrsatiladigan xizmat turlari kengaydi, xalqaro aloqalar tubdan qayta tashkil etildi. 1993-y. da Oʻzbekiston 189 mamlakatni birlashtirgan Jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻlib kirdi.

Hoz. Oʻzbekistonning barcha aholi punktlari pochta korxonalari tarmogʻi b-n qamrab olingan. Bu korxonalar oddiy va buyurtmali xatlar, pochta kar-tochkalari, banderollar va oddiy joʻnatmalar, baqosi koʻrsatilgan xatlar, bahosi eʼlon qilingan joʻnatmalar, pochta, telegraf pul oʻtkazmalarini qabul qilish va joʻnatish; gazeta va jur. larga obuna qilish va uni yetkazib berish; tovar va blankalarni, filateliya maqsulotlarini sotish; pensiya va nafaka pullarini yetkazish; telegramma qabul qilish va joʻnatish; aloqa boʻlimlarida shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlarini, elektron pochta, internet(ga kirish) xizmatlarini koʻrsatish; kommunal xizmat toʻlovlarini yigish va b. xizmat turlarini amalga oshiradi. 2002-y. da Pochta aloqasi korxonalarida 11,23 mln. dona xat, 62,1 mln. dona gaz. va jur. lar, 60 ming dona joʻnatma, 565 ming dona soʻzlashuvlar va 170 ming dona telegramma qabul qilindi, Pochta aloqasi korxonalari orqali 31 mlrd. soʻm pensiya va nafaqalar toʻlandi.

Respublikada pochta korxonalari «Oʻzbekiston pochtasi» davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga uyushgan. Kompaniya tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat boshqarmalari, Xalqaro pochtamt, Xalqaro tezkor pochta, «Oʻzbekiston markasi» aksiyadorlik jamiyati, 185 aloka uzeli va 3012 aloka boʻlimi bor (2003). Mamlakatimizda Pochta aloqasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining «Aloqa toʻgʻrisida» (1992-y. 13 yanv.) va «Pochta aloqasi toʻgʻrisida» (2000-y. 31 avg.) qonunlari bilan tar-tibga solinadi (Yana q. Aloqa).

Rahmonberdi Zikirov.


Lotin alifbosida maqola: POCHTA ALOQASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: P harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
ERON
TOSHKENT
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты