KOKROFT

KOKROFT (Cockcroft) Jon Duglas (1897.27.5, Todmorden – 1967.18.9, Kembrij) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1936). E. Uolton bilan hamkorlikda 1932-y. da birinchi protonlar tezlatkichi (kaskadli generator)ni yaratgan va proton bilan litiyli nishonni nurlantirib, 700 MeV gacha sunʼiy tezlashtirilgan yadro reaksiyasini amalga oshirgan. 1939—44 y. larda ingliz radar qurilmasini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan, 1946—58 y. larda Xauel (Angliya)dagi Atom energiyasi boʻyicha i. t. markazi d-ri. Keyingi yillarda turli elementlarning yadrosiga zaryadlangan zarralar taʼsir etganda sodir boʻladigan reaksiyalarni tekshirgan. Nobel mukofoti laureati (1951, E. Uolton bilan birgalikda).


Lotin alifbosida maqola: KOKROFT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
YAPONIYA
ATOM ENERGIYASI
ATOM FIZIKASI
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты