MAJOR

MAJOR (lot. major — katta) — 1) kup ovozli kompozitorlik musiqa ijodida asosiy garmonik laylardan biri (aksi — minor). Yevropa musiqasida 16— 17-a. lardan rivoj topdi. Uning tayanch tovushlari (I, III va V pogʻonalari) katta 3 tovushli akkordnn hosil qiladi. Major tizimida bastalangan asarlarga koʻproq yorqinlik, koʻtarinkilik ruhi, «ijobiy» his-tuygʻular xosdir. Major va minor orasidagi qarama-qarshilik musiqa sanʼatining nihoyatda muhim ifoda vositalaridan;

2) keng maʼnoda — lad turi; bosh tayanch pardaga nisbatan katta tersiya intervent oraligʻida joylashgan 3 – pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda ioniy, lidiy, miksolidiy kabi tovushqator M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, miksolidiy Major koʻproq uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: MAJOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MUSIQA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FRANSIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты