MAKROERGIK BIRIKMALAR

MAKROERGIK BIRIKMALAR (mokro… va yun. ergon — faoliyat, ish) , yuqori energiyali, yuqori energetik birikmalar — energiyaga boy yoki makroergik bogʻlari boʻlgan tabiiy birikmalar; barcha tirik hujayralarda boʻladi va energi-yaning toʻplanishi hamda oʻzgarishi jarayonlarida qatnashadi. Makroergik birikmalarga, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining koʻchishiga sabab boʻluvchi fermentativ reaksiyalarda ATF hosil kila oladigan moddalar kiradi. Makroergik birikmalar tarkibiga fosforil guruhlari kiradi. Nukleozidtri – (yoki di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfopirouzum kislota, difosfoglitserin kislota, atsetil va suksinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalarning aminoatsil hosilalari ham Makroergik birikmalar dir. Makroergik birikmalar oʻzaro fosforil guruhlarni koʻchiradigan fermentativ reaksiyalar b-n bogʻlangan (yana q. Adenozinfosfat kislota, Bioenergetika).


Lotin alifbosida maqola: MAKROERGIK BIRIKMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BIOENERGETIKA
KISLOTA VA ASOSLAR
TOSHKENT
ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты