MALEIN VA FUMAR KISLOTALAR, sis — va trans-etilen — 1,2dikarbon kislotalar, formulalari tegishlicha I, P. Mol. m. 116,07; rangsiz kristallar. Malein kislotaning suyuklanish t-rasi 140°, zichligi 1590 kg/m3. 130° dan yuqori t-rada fosfat angidrid, atsetilxlorid va b. ishtirokida qizdirilganda degidratlanib malein angidridga aylanadi. Sanoatda benzolni katalitik oksidlash, shuningdek, kroton aldegidni oksidlash yoʻli bilan olinadi. Vino va olma kislotalar, sirt faol moddalar, alkid smolalar i. ch. da qoʻllanadi. Yorugʻlik taʼsirida, 200°dan yuqori t-rada qizdirilganda yoki kimyoviy agentlar taʼsir ettirilganda malein kislota izomerlanib fumar kislotaga aylanadi.
Fumar kislotaning suyuklanish t-rasi 296,4°, zichligi 1635 kg/m3. Koʻpgina oʻsimliklar (mas, island moxi) va zamburutlar tarkibida bor; uglevodorodlarning bijgʻishidan ham hosil boʻladi. Sanoatda malein kislotani NS1, brom birikmalari va b. taʼsirida izomerlab olinadi. Poliefir smolalar, quruvchan sintetik moylar, plastifikatorlar olishda, oziq-ovqat sanoatida limon va vino kislotalarining oʻrinbosari sifatida qoʻllanadi.