MALEIN ANGIDRID, sis etilen — 1,2dikarbon kislota angidridi; 2,5 — furandion, rangeiz kristallar. Suyuklanish t-rasi 52,85°, qaynash t-rasi 202°; zichligi 1480 kg/m3 (a – modifikatsiya), 1487 kg/m3 (R), 1638 kg/mʻ (u). Suvda eritilganda (25° da 41%) malein kislota hosil boʻladi.
Sanoatda benzolni yoki n — butanni katalitik oksidlash yoʻli bilan olinadi. Toʻyinmagan poliefir smolalar, fumar va olma kislotalar, malein kislota gidrazidi (oʻstiruvchi modda), defoliantlar, fungitsidlar, insektitsidlar sintezida, surkov moylariga qoʻshimcha, alkid smolalarga modifikator sifatida qoʻllanadi.