KONVEYER

KONVEYER (ing. conveyer — tashuvchi) , transportyor — toʻkma, donali, boʻlakboʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma b-n harakatlanadigan mexaniq Konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyer larning tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga koʻra, dasturli boshqariladigan lentali, koʻraqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va b. turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yigʻuvchi) va b. turlarga boʻlinadi. Lentali Konveyer b-n, asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli Konveyerlar plastinkali, koʻrakchali, ksvshli va aravachali boʻladi. Plastinkali Konveyerlar, asosan, boʻlak-boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali Konveyerlar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal, qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitatsion) Konveyerdan foydalaniladi. Bunday Konveyer larda yuk oʻz ogʻirligi bilan pastga toʻshadi. I n ye r s i o n K. toʻkma kjni gorizontal va qiya yoʻnalishda qisqa masofaga tashish uchun moʻljallanadi. Bunday Konveyerda yuk inersiya kuchi hisobiga harakatlanadi. Boʻlardan tashqari, yuklar suyuqliklar bilan birga nasoslar yordamida quvur yoki novlarda harakatlanadigan gidravlik, yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqi hisobiga quvurlarda harakatlanadigan pnevmatik Konveyerlar bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan Konveyerlar elevator va eskalator deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: KONVEYER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
EKSKAVATOR
TRANSPORTYOR
ROLGANG
AVTOMOBIL TRANSPORTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты