KONDENSATSIYA

KONDENSATSIYA (lot. condensatio – quyuklanish, zichlashish) , kondensatlanish — 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. Kondensatsiya — buыanishning aksi. Kondensatsiya muayyan modda uchun kritik t-radan past t-radagina sodir boʻladi. Kritik nuqta bilan uchlama nuqta orasidagi t-raviy oralikda modda suyuq holatga, yanada pastroq t-ralarda esa kristall holatga oʻtadi. Suyuq yoki kristall holatlar orasida muvozanatli Kondensatsiya yuz berib, gaz holatdan suyuq yoki qattiq holatga oʻtayotganida maʼlum miqdorda issiqlik ajraladi. Bu issiqlik moddaning shu t-ra va bosimda bugʻlanishiga sarflangan issiqlikka teng. Kondensatsiyaning solishtirma issikligi solishtirma bugʻlanish issikligiga teng. Bugʻlanish va Kondensatsiya bir vaqtda roʻy beradi. Qattiq jism yoki suyuqlik sirtida hosil boʻluvchi sirtq i K., aerozol, gaz ionlarining bugʻ hajmi ichida, bugʻning zichlashish joylaridagi zichlik fluktuatsiyasi (oʻrtacha qiymatdan ogʻishi) oqibatida hosil boʻluvchi hajmiy Kondensatsiya mavjud. Suv bugʻining kondensatlanishi natijasida atmosferada bulut, tuman, shud-ring va qirov hosil boʻladi. Kondensatsiya turli xil issiqlik almashinish apparatlarida qoʻllaniladi, u distillashnpt asosi hisoblanadi;

2) organik moddalar bir nechta molekulalarining birikish reaksiyasi; bunda, suv, ammiak va b. oddiy moddalar ajraladi.


Lotin alifbosida maqola: KONDENSATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QATTIQ JISM
ISSIQLIK HARAKATI
KRITIK HOLAT
GAZLARNI SUYULTIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты