KONSONANS

KONSONANS (lot. consonantia — uygʻunlashgan sado, hamohanglik) — musiqiy tovush (tok)larning bab-baravar sadosidagi uygʻunlik, shuningdek, mazkur xususiyatga ega boʻlgan interval (prima, oktava, kvinta va b.) va akkordlar (asosan, major va minor uchtovushliklari). Konsonans musiqiy-ifodaviy vosita sifatida dissonanspnng aksidir (Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa ilmida muloyimat deb ataladi). Bu qarama-qarshilik qadimdan amaliyotda foydalanilib, musiqa ilmida yunon (pifagorchilar, Aristoksen va b.), musulmon Sharqi olimlari (Forobiy, Ibn Sino va b.) tomonidan tadqiq etib kelingan. 20-a. kompozitorlik ijodiyotida hamda zamonaviy musiqa nazariyasida Konsonans va dissonans tushunchalari birmuncha kengaygan holda ishlatiladi va sharhlanadi.


Lotin alifbosida maqola: KONSONANS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
MUSIQA
SQWOZ BAB, Kyivstoner - Тройничок
UYGʻONISH DAVRI
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты