KOORDINATSION BIRIKMALAR

KOORDINATSION BIRIKMALAR, kompleks birikmalar — markaziy atom (yoki ion) va u bilan bogʻlangan molekula yoki ionlar — ligandlardan tashqil topgan komplekslar. Markaziy atom (kompleks hosil qiluvchi), odatda, akseptor, ligandlar esa elektronlarning donorlari boʻlib, kompleks hosil boʻlganda ular orasida donor-akseptor yoki koordinatsion bogʻ-lanish vujudga keladi. Kompleks elektroneytral yoki noelektrolit, musbat (kompleks kation) yoki manfiy (kompleks anion) zaryadli boʻlishi mumkin. Mac, [Cu(NH,)4]2+, [Fe(CN)6]4\ Agar eritma yoki gaz holatidagi Koordinatsion birikmalar bir xil ligandlardan tuzilgan boʻlsa, komp-leksdagi barcha bogʻlar bir xil, agar har xil ligandlardan iborat boʻlsa, bogʻlar tavsifi ligandlar xossalariga bogʻliqboʻladi. Mac, [W(CH,CN)(O)F4] kompleksida donorakseptor, oddiy kovalent bogʻlar va qoʻsh bogʻ hosil boʻladi.

Odatda, oddiy kimyoviy birikmalarning oʻzaro birikishidan murakkabroq Koordinatsion birikmalar vujudga keladi. Mas, temir va kaliyning sianid tuzlari bir-biri bilan qoʻshilib, Koordinatsion birikmalar — kaliy ferrotsianidni hosil qiladi: (FeCN)2+ 4KCN = K4[Fe(CN)6].

Kompleks hosil qiluvchi markaziy atom (yuqoridagi misolda — Gʻye) Koordinatsion birikmalar yadrosi (kompleks )ni, u bilan bogʻlangan (koordinatsiyalangan) molekulalar yoki ionlar — ligandlar (yuqoridagi misolda — kislota qoldigʻi CN) kompleksning ichki sfera sini tashkil etadi. Faqat markaziy atom bilan ligandlardan iborat Koordinatsion birikmalar ham bor, mas, metallarning karbonillari (TiCO)7, (CrCO)6, (FeCO)5 va b. Markaziy atom bilan bevosita bogʻlanmagan ionlar kompleks tarkibiga kirsa, ular kompleksning tashqi sferasida boʻladi. Kationlar, mas, K4[Gʻye(S1M)6]dagi K+ ham, anionlar, mas, [Cu(NH3)4]SO4 dagi SO^~ ham tashqi sfera ionlaridir. Koordinatsion birikmalar formulasini yozganda tashqi sfera ionlari kvadrat qavsdan tashqariga chiqariladi.

Markaziy atom bilan bevosita bogʻlangan ionlar yoki molekulalar soni uning koordinatsion soni (K. s.) deb ataladi. Mas, K4[Fe(CN)6], (TiCO)7 va [Cu(NH3)4]SO4 da markaziy atomlarning Koordinatsion birikmalar 6, 7 va 4 ga teng.

D. I. Mendeleyev davriy sistemasining katta davrlari oʻrtasidagi (oraliq) elementlar (Ti, V, Sg, Mn, Fe, So, Ni, Si, Zn, Zr, Nb, Mo, Tc, Ru, Rh, Pd, Ag, Cd, Hf, Ta, W, Re, Os, Ir, Pt, Ai, Hg, nodir yer elementlari, aktinoidlar), baʼzi metallmaslar, mas, V, R, Si koʻpincha kompleks birikma hosil qiluvchi markaziy atomlar boʻlib, kislotalarning anionlari (Gʻ-, S1-, Br-, S2-, WO2, SO42, RO43ʻ va b.), shuningdek, O, N, P, S, Se, S atomlariga ega boʻlgan neytral organik va anorganik molekulalar hamda radikallar ligandlar boʻlib qatnashishi mumkin. Ichki sferasida kislotalarning anionlari bor K. b. (atsidokomplekslar) anorganik komplekslarga yaqqol misol boʻla oladi. Eng koʻp Tap-kalgan ligand — suvda oddiy tuzlar eriganda akvokomplekslar hosil boʻladi, mas: SoS12 + 6N2O = [So(N2O)6]2+ + 2S1-.

Kristall akvokomplekslar kristallogidratlar deb ataladi. Tuzlar turli organik va anorganik suyuqliklarda eriganda har xil solvato-komplekslar (kristallosolvatlar) hosil boʻladi. Ammiak biriktirish mahsuli — ammiakatlar, mas, [Ni(NH3)JCl2; spirt biriktirish mahsuli — alkogolyatlar (q. Alkogolyat va feonolyatlar), efir biriktirish mahsuli — efiratlar va h. k. kristallosolvatlarga kiradi. Murakkab molekulalar markaziy atomga kislorod (suv, spirt, efir va b.), azot (ammiak, aminlar), fosfor (RS13, fosfin hosilalari), uglerod va b. elementlarning atomlari orqali birikadi. Koʻpincha, ligandlar oʻz atomlaridan bir nechasi bilan markaziy atomga birikadi, ular polidentat ligandlar deb ataladi.

Baʼzi bidetant ligandlar 1 ta yoki 2 ta markaziy atomlar bilan birikib, 4, 5, 6 aʼzoli halqalar hosil qiladi. Bunday Koordinatsion birikmalar xelat birikmalar deb ataladi.

Koordinatsion birikmalar eritma, kristall va gaz holatida boʻladi. Kimyobiol. jarayonlarida ham Koordinatsion birikmalarning oʻrni muhim. Xlorofill, gemoglobin, enzimlar Koordinatsion birikmalar sinfiga mansub. Koʻpgina dorivor moddalar (koamid, ferramid va b.), kobalt, temir ionlarining nikotinamid bilan birikmasi Koordinatsion birikmalar hisoblanadi.

Koordinatsion birikmalarning nomlanishi. IYUPAK sistemasiga binoan, Koordinatsion birikmalar formulasini yozishda avvalo markaziy atom, soʻngra ionli va neytral ligandlar koʻrsatiladi. Ichki va tashqi sferalar kvadrat qavs bilan ajratiladi. Mas, [Cr(H2O)6](SO4)3, [Co(NO3)(NH3)5] Cl2. Markaziy atomning zaryadi qavs ichida rim raqami bilan ifodalanadi: K2[RVg6] — kaliy geksabromopalladat (IV), [Fe(NH3)6]Cl2 — geksaamintemir (II) xlorid.

Kompleks anionlar oxiriga «at», anionli ligandlarga esa «o» qoʻshimchasi qoʻshiladi: Fe3[Fe(CN)6]2 — temir (II) geksatsianoferrat (III), K2[PdCl4] — kaliy tetraxloroplatinat. Agar Koordinatsion birikmalar tarkibida neytral ligandlar boʻlsa: N2O (akva), NH3 (ammin), N0 (nitrozil), SO (karbonil) soʻzlari qoʻshiladi. Mas, [A1(ON)(N2O)5]2+ – pentaakvagidroksoalyuminiy (II) — ion, [Hg(NH3)2]Cl2 — diaminsimob (II) — xlorid, K[Co(CN) (CO)2(NO)] — kaliy dikarbonilnitrozilsianokobalt (I). K. b. tarkibiga kirgan ligand oʻrnida toʻyinmagan uglevodorodlar boʻlsa, bunday birikmalarni nomlashda ligandning oldiga T| (eta) harfi, koʻp yadroli Koordinatsion birikmalarda ligand koʻprik vazifasini bajarsa, ligand oldiga i (myu) harfi qoʻyiladi: Cl / \ (C2H4)Ph Ph (C6HI2) – di – s – xloro (t| — 1,5 — siklooktadiyen) (l — etilen) dirodiy.

Cl K. b. platina metallar, oltin, kumush, nikel, kobalt, misni ajratib olish va tozalash, nodir yer elementlari, ishkrriy metallarni ajratish va b. bir qancha texnologik jarayonlarda, shuningdek, kimyoviy analizda keng qoʻllaniladi. Nafas, fotosintez, biologik oksidlanish, fermentativ kataliz va b. zarur biologik jarayonlarda muhim rol oʻynaydi.

Ad.: Yusupov V. G., Toshev M. T., Parpiyev N. A., Koordinatsiyey birikmalar kimyosi, T., 1996; Davronov M. D., Sulaymankulov Koordinatsion birikmalari dr., Kompleksnыye soyedineniya metallov s nekotorыmi organicheskimi osnovaniyami, T., 2000.

Omonulla Xoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: KOORDINATSION BIRIKMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYOVIY BOGʻ
YER
KIMYO
XITOY
DONOR-AKSEPTOR BOGʻ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты