MARMARAK

MARMARAK (Solvia L.) — koʻp yillik oʻtlar turkumi; gulzorlarda ekiladigan bir yillik manzarali oʻsimlik. Marmarakning yaltiroq Marmarak, Korolkov Marmarak gi, xushboʻy Marmarak, xivicheimon Marmarak, choʻl M. gi (zigʻirak) kabi 5 turi bor. Yaltiroq Marmarak (S.splendens ver. Gawl.) — bir yillik oʻt, boʻyi 50—80 sm, poyasi tik usadi. Barglari uchburchaklinashtarsimon. Gultoji 50—60 mm. Iyun — okt. oylarida gullaydi, gullari sariq, 25—33 mm. Korolkov Marmarak gi (S.korolkovii Rgl. et Schmalh.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 24 — 50 sm. Ildiz boʻgʻizidagi barglar nashtarsimon, uchi oʻtkir, dumaloq ponasimon, yashil tukli. Iyun—avg. oylarida gullab urugʻlaydi, gullari siyoh rang. Togʻli mintaqalarda oʻsadi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Xushboʻy Marmarak (S.sclarea L.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50—100 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismidan shoxlangan. Barglari yashil, ellipssimon-choʻziq, yirik burmali, Iyun—avg. oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻli mintaqalardagi bogʻlarda, togʻ daralarida oʻsadi. Efir moyli oʻsimlik hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: MARMARAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
QOZOGʻISTON
BEGONA OʻTLAR
RANG-TASVIR
ILDIZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты