MARTENSIT

MARTENSIT [nemis metallshunosi A. Martensit (1850 — 1914) nomidan] — 1) poʻlatning tarkibiy qismi; past t-rali modifikatsiyadagi alfatemirga xos uglerodning oʻta toʻyingan qattiq eritmasidan iborat. Poʻlatni toblash paytida austenitщn hosil boʻladi. Martensit tuzilishli poʻlat juda mustahkam va qattiq. Metallni boʻshatish yoʻli bilan Martensitning plastikligi oshiriladi. Martensit, koʻpincha, temir-uglerodli qotishmalarning asosini tashkil qiladi;

2) kristall qattiq jismlar (toza metallar, metall asosli qattiq qotishmalar) ning asosiy strukturaviy tashkil etuvchisi; past t-rali polimorf modifikatsiyadan iborat. Ignalar, plastinalar va linzalar shaklidagi ayrim kristallar koʻrinishiga ega. Oʻziga xos fazaviy oʻzgarishlar oqibatida hosil boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: MARTENSIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POʻLATNI TOBLASH
METALLAR
KRISTALLAR
TEMIR- UGLERODLI QOTISHMALAR
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты