KRIMINALISTIKA

KRIMINALISTIKA (lot. criminalis — jinoyatga doir) — sud dalillarini yigʻish, qayd qilish, tadqiq etish va ulardan foydalanishning maxsus usul va vositalari tizimini ishlab chiquvchi fan. Mazkur usullar va vositalar jinoyatlarni fosh qilish, tekshirish va oldini olish uchun qoʻllaniladi. Bir qator holdarda esa bu usul va vositalardan fuqarolik ishlarini sudda koʻrib chiqishda foydalaniladi.

Kriminalistika fan sifatida 19-a. oxiri — 20a. boshida shakllandi. Bu fan jinoyatga oid sudlov ishlarini yurgizish, jinoyat huquqi, kriminologiya, mamuriy hukuk, shuningdek, sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi va boshkalar bilan chambarchas bogʻlangan. Kriminalistikaning umumiy nazariyasi, Kriminalistika texnikasi, Kriminalistika taktikasi hamda alohida jinoyat turlarini tekshirish va oldini olish qabilar Kriminalistika fanining eng muhim boʻlimlari hisoblanadi. Kriminalistika texnikasi dalillarni toʻplash, qayd qilish va tadqiq etish boʻyicha maxsus usullarni, ilmiy-texnik vositalar tizimini oʻz ichiga oladi. Kriminalistikaning mazkur qismiga sud ballistikasi, trasologiya, sud lingvistikasi, odorologiya (jinoyatlarni ochishda hiddan foydalanish), daktiloskopiya, sudga oid suratga olish va b. kiradi. Tabiiy va texnika fanlari yutuqlaridan, matematik va statistik metodlardan, hisoblash mashinalari, gazli xromatogʻrafiya, tele, radio, ovoz, tasvir, yozuv, kompyuter vositalari va b. dan keng foydalanish Kriminalistika texnikasini rivojlantirish tamoyili hisoblanadi. Shu asosda yozuvni tekshirish, «yuzqiyofani ogʻzaki chizish», trasologiyada xilma-xil nusxalarni olish va h. k. ning zamonaviy metodikasi shakllanadi. Krimivalistika texnikasi qidiruv va tergov faoliyatida texnik qurollar (maxsus apparatlar, jihozlar)dan ham foydalanishni koʻzda tutadi. Kriminalistika jinoyatlarni tekshirish va ularni oldini olish tajribasini umumlashtirish, jinoyatchilar qoʻllaydigan usullarni oʻrganish, shuningdek, turli fan sohalarida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida Kriminalistika taktikasini — tezkor-qidiruv tadbirlar tizmini ishlab chiqadi. Kriminalistika texnikasi va taktikasi usullaridan jinoyatchini tanib olishda, tergov tajribalari, tintuv oʻtkazishda va b. tergov ishlarida keng qoʻllaniladi. Jinoyatlarning muayyan turini (odam oʻldirish, oʻgʻrilik, talon-toroj, poraxoʻrlik va b.) tekshirishda ishlatiladigan usullar, metodlar va vositalar yigʻindisi jinoyatlarning ayrim turlarini tekshirishning metodikasini tashqil etadi. Bu metodikaga muvofiq jinoyatlarni tekshirish va sudda koʻrib chiqish davomida tergov harakatlari, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishning izchilligi va oʻziga xos tomonlari aniqlanadi, Kriminalistika texnikasi va taktikasi usullari hamda vositalari ishlab chiqiladi.

Sud tergovi jarayonida, turli moddiy izlarni, ashyoviy dalillarni tekshirishda Kriminalistika ekspertizasi muhim rol oʻyvaydi. U sud ekspertizasinpng turlaridan biri boʻlib, Kriminalistika maʼlumotlariga asoslanadi. Bunda jinoiy va fuqaroviy ishlarga oid ashyoviy dalillar va b. materiallar ekspertlar tomonidan tekshiriladi. Bu ish odam, hayvon, transport vositalari, turli asboblar, qurol-yarogʻ va h. k. ning izlari, tasviriga yoki butun varsani ayrim boʻlaqlariga qarab identifikatsiyalash (aniqlash, qiyoslash) maqsadida amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda Kriminalistika ekspertizasi oʻtgan asrning 40-y. laridan boshlab Adliya vazirligi huzuridagi i. t. laboratoriyasida oʻtkazilib kelindi. Keyinchalik lab. negizida Sud ekspertiza i. t. instituti, soʻngra shu vazirlik huzurida davlat ekspertiza markazi tashqil etildi. Mazkur markaz respublikada Kriminalistika fanini rivojlantirish, yetuk milliy yurist xodimlarni yetishtirish ishiga katta hissa qoʻshgan akad. Xadicha Sulaymonova nomi b-n ataladi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Kriminalistikani rivojlantirish, Kriminalistika ekspertizasini oʻtkazish ishini eng zavonaviy texnika vositalari bilan taʼminlash tadbirlari koʻrildi. Kriminalistika fan sifatida Oʻzbekiston milliy un-ti, Toshkent davlat yuridik in-ti, OʻzR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va b. oʻquv yurtlarida oʻqitiladi.

Ad.: Rassledovaniye prestupleniy, T., 1986. Rohshsh Alimova.


Lotin alifbosida maqola: KRIMINALISTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
TARIX
SUD TIBBIYOTI
TOSHKENT
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты