MAHKAMLASH DETALLARI

MAHKAMLASH DETALLARI — mashina va qurilmalarning qismlarini qoʻzgʻalmas qilib biriktiradigan detallar. Mashinasozlikning barcha tarmoqlarida keng qoʻllaniladi. Mahkamlash detallari si-fatida, odatda, rezbali birikmalar: boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, shuruplar, shaybalar, shplintlar, shtiftlar ishlatiladi. Shakli va oʻchlamlari standartga mos keladigan rezba rezbali Mahkamlash detallarining asosiy detallari hisoblanadi. Biriktiriladigan detallarga rezba qirqilib, bolt, gayka, shaybalar yordamida boltli birikma hosil qilinadi. Detallarda ochiq teshik hosil qilish talab qilinmagan hollarda vintlar va shpilkalardan foydalaniladi. Biriktiriladigan detallarni ezmaslik, qirmaslik uchun bolt va gayka ostiga shaybalar qoʻ-yiladi. Stopor shaybalari va shplintlar titrashlar va zarbalarda gaykaning oʻz-oʻzidan buralib ketishdan saqlaydi. Har qaysi mamlakat chegaralarida Mahkamlash detallarining oʻlchamlari va shakllari unifikatsiya qilinadi (birxshtlashtiriladi, yaʼni standartlashtiriladi).


Lotin alifbosida maqola: MAHKAMLASH DETALLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
REZBA QIRQISH ASBOBI
VINTLI BIRIKMA
MASHINA DETALLARI
REZBA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты