MAHMUD TOROBIY

MAHMUD TOROBIY (?, Buxoroning Torob qishlogʻi —1238) — Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1238) rahbari. Hunarmand oilasida tugʻilgan. Gʻalvirchilik bilan shugʻullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf gʻoyalari bilan tanish shaxs boʻlgan. Buxoroda moʻgʻullarga qarshi boshlangan qoʻzgʻolonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik kilgan. Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda halok boʻlgan. Qabri ustiga 13-a. da qurilgan daxma vatanimiz mustaqillikka erishgach, qayta taʼmirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek «Mahmud Torobiy» (1944) opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod «Mahmud Torobiy» (1998) tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal oʻrnatilgan.


Lotin alifbosida maqola: MAHMUD TOROBIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MAHMUD TOROBIY QOʻZGʻOLONI
BUXORO VILOYATI
TOSHKENT
OYBEK
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты