MAHMUD TOROBIY QOʻZGʻOLONI

MAHMUD TOROBIY QOʻZGʻOLONI — Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq harakati (1238). Harbiy rahbari — Mahmud Torobiy, gʻoyaviy mafkurachisi — Shamsuddin Mahbubiy. Chigʻatoy ulusida moʻgʻullar istibdodi ostida ezilgan va zulmidan toʻygan mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtarishga bir necha marta xarakat qilgan. Buxorodan 20 km gʻarbdagi Torob qishlogʻi (hoz. Buxoro viloyati Jondor tumani hududi) da boshlangan qoʻzgʻolon bu kurashning choʻqqisi hisoblanadi. Torob qishlogʻi va uning atrofidagi dehqonlar va hunarmandlar majlislarida oʻzaro kengashib, moʻgʻullar zulmiga qarshi ochiq kurash boshlashga qaror qilganlar. Qoʻzgʻolonchilar Maxmud Torobiy boshchiligida Buxoroga yurishdi va shahardagi Malik Sanjar qasri (1206-y. da Buxoroda koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari qurdirgan) ni egallab, uni oʻzlariga qarorgoh qilib olishdi. Ular safiga koʻplab tarafdorlar va maslakdoshlar kelib qoʻshilgan. Torobiyning opasi ham qoʻzgʻolonning faol ishtirokchilaridan biri boʻlib, bu tabib va duoxon ayol oʻz mardligi, kuch-gʻayrati, jasorati va dushmanga nafrati bilan qoʻzgʻolonchilar orasida alohida ajralib turgan. Juvayniynchng yozishicha, yirik tasavvuf shayxi va aqoid ulamosi Shamsuddin Mahbubiy qoʻzgʻolonchilarning gʻoyaviy rahnamosi sifatida qoʻshin va xalq oʻrtasida katta tashviqot ishlarini olib borgan. Ular moʻgʻul bosqinchilari va ular xizmatiga oʻtgan mahalliy maʼmurlarni oʻldirib, mol-mulkini beva-bechoralarga taqsimlab berishgan. Buxoro butunlay qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtgan. Mahmud Torobiy Robia saroyiga joylashib, sulton qilib koʻtarilgan, bosh sadr Burhoniddin uning talabi b-n Shamsuddin Mahbubiyni shahar sadri etib tayinlagan. Moʻgʻul qoʻshinlari va bosqinchilari bu paytda Karmanaga qochib, shoshilinch kuch toʻplay boshlaganlar. Qoʻzgʻolonni bostirish uchun Karmanadan yuborilgan moʻgʻul qoʻshinlari Buxoro atrofida tormor keltirilgan, jangda 10 ming moʻgʻul askari oʻldirilgan. Qoʻzgʻolonchilar moʻgʻullarni quvib, Karmanagacha borganlar. Biroq bu jangda Mahmud Torobiy va Shamsuddin Mahbubiy ham halok boʻlishgan. Qoʻzgʻolonga Mahmud Torobiyning 2 ukasi: Muhammad va Ali rahbarlik qilganlar. Moʻgʻullar ularga qarshi Eldiz Noʻyon va Chekan Qurchi boshliq yangi kuchlarni tashlashgan. Karmana yaqinidagi Raboti Malik (hoz. Navoiy tumani markazi Malik rabot)da boʻlgan щiddatli jangda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchragan, ulardan 20 ming kishi, jumladan, Muhammad hamda Ali ham halok boʻlgan. Qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostirilgan. Moʻgʻullar Buxoroga kirib, shahar va uning atrofidagi kishilarni talashga va oʻldirishga kirishgan. Xoʻjandda turgan Maxmud Yalavochning bu yerga kelishi b-n Buxorodagi qirgʻin toʻxtatilgan. U talangan va vayron etilgan shahardan hech qanday soliq yigʻib ,boʻlmasligiga Chigʻatoynn ishontira olgan. Mahmud Torobiy Qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchrasa ham, u izsiz ketmagan. Moʻgʻul maʼmurlari endilikda mahalliy aholi bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlib, oʻlpon va soliqlarni kamaytirishgan. Maʼlum muddat turli oʻzboshimchaliklarga chek qoʻyilgan. Chigʻatoy ulusini moʻgʻul xoqon (qoon)lari nomidan bo-shqargan Mahmud Yalavoch va uning oʻgʻli Masʼud Yalavoch bu paytda ham xoqonlar manfaatini koʻzlaydigan, ham mahalliy xalqqa xayrixoh nozik siyosatni yuritishgan.

Ad.: Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997; Tataromongolы v Azii i Yevrope, Mahmud torobiy qoʻzgʻoloni, 1970. Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: MAHMUD TOROBIY QOʻZGʻOLONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUXORO VILOYATI
XITOY
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты