KRITIK BOSIM

KRITIK BOSIM (lot. kritikos – chegara) — modda (yoki moddalar aralashmasi)ning kritik holataati bosimi. Har bir modda xususiy Kritik bosimga ega. Kritik bosimdan past bosimda modda 2 muvozanat faza — suyuqlik va bugʻga ajraladi. Lekin Kritik bosim va kritik t-rada suyuqlik b-n bugʻ orasidagi farq yoʻqoladi, yaʼni modda bir fazali holatga oʻtadi. Kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Mas, suvning Kritik bosimi 218,3 atm ga teng. Kritik holatdagi moddalar aralashmasining Kritik bosimi (aralashma komponentlari konsentratsiyasi) aralashma tarkibiga ham bogʻliq boʻladi. Shuning uchun aralashma diagrammasi birgiva kritik nuqtadan emas, balki nuqtalari Kritik bosim, t-ra va konsentratsiyaning turli qiymatlaridan tashqil topgan egri chizikdan iborat boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: KRITIK BOSIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KRITIK HOLAT
HOLAT DIAGRAMMASI
KIMYO
MINERAL
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты