KU ISITMA

KU ISITMA, ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Oʻrta Osiyo isitmasi, termiz isitmasi — rikketsiya mikroorganizmlari qoʻzgʻatadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 — 35 y. larda Avstraliyaning Queensland — Kvislend shtatida aniqlangan (nomi shundan). Qoramol, qoʻy, it, ot, tuya, choʻchqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi, Bunda, asosan, oʻpka zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qoʻzgʻatuvchisi (Rickettsia burneti) kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon soʻrishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qayvatmay isteʼmol qilganda, goʻsht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koʻproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi. Klinik belgilariʻ — kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma koʻtarilishi, ishtaha yoʻqolishi, shilliq pardalar qizarishi, boʻgʻoz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi. Tashhis klinik, epizootologik, epidemiologik holatga qarab qoʻyiladi va qon zardobini tekshirish bilan tasdiklanadi.

Davolash: antibiotiklar (xlortetratsiklin, terramitsin, tetratsiklin, levomitsetin) beriladi.

Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni tana haporati oʻlchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar oʻtkaziladi.

Abdulla Quranboyev.


Lotin alifbosida maqola: KU ISITMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KANALAR
AVSTRALIYA
YER
GOʻSHT SANOATI
RIKKETSIOZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты