KUJULA KADFIZ

KUJULA KADFIZ (Kadfiz I) – Kushon podsholigittt asoschisi (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a. 1-yarmi). Koʻchmanchi yuyechjilar (toxarlar)ning guyshuan — kushon qabilasiga mansub. Xitoy tarixiy yilnomalarida u Kioszyuko nomi bilan maʼlum. Tarixiy haqiqatga yaqin taxminga koʻra, yuyechji qabilalari tomonidan Baqtriya istilo qilingandan (mil. av. 2-a., 3-choragi) taxm. 100-yildan bir oz vaqt oʻtgach, Kujula Kadfiz kushonlar oʻrtasidagi oʻzaro taxt uchun kurashda qolgan 4 yuyechji qabilalari orasidagi oʻz tarafdorlari bilan Baqtriyaning jan.-gʻarbiy hududlarida oʻz hukmronligini oʻrvatgan. U parfyanlarning Baqtriyaning gʻarbiy hududlariga uyushtirgan tajovoʻzlariga qarshi harbiy harakatlar olib borgan. Baqtriyada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va harbiy kuchlar nisbati Kujula Kadfiz foydasiga oʻzgarmaganligi, uni Hindukush togʻlari osha Kobul (Gaofu) viloyatiga ketishga majbur qildi. U Kobul viloyatini boʻysundirib, viloyat hokimi sifatida tangalar zarb qilishni yoʻlga qoʻydi. Kobuliston hokimi boʻlgan vaqtda Kujula Kadfiz hali mustaqil siyosat olib bormagan. U Paropamisad (Kashmir)ning hind-yunon shohi Germeyning (mil. av. 1-a. ning oʻrtalari) ustuvorligini kabul qilgan. Asta-sekin Kujula Kadfizning harbiy qudrati oshib borishi unga qoʻshni hududlarni oʻz tasarrufiga olishga imkoniyat berdi. Bu borada Hindistonning shim.-gʻarbiy hududlaridagi siyosiy parokandalik unga juda qoʻl kelgan. U oʻz eʼtiborini shu yerdarni bosib olishga qaratgan. Koʻp vaqt oʻtmay, u oʻz homiysi Germeyga qarashli hamma yerdarni oʻziga boʻysundirgan. Germeyga qarashli hududlarning qoʻshib olinishi kushon hokimligining qudratli davlatga aylanishiga olib keldi. Keyinchalik Kujula Kadfiz jan. dagi hind-parfyan shohi Gandofar hududlari (Gandxara, Araxosiya) hisobiga oʻz davlati chegarasini yanada kengaytirgan. Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, Kujula Kadfiz 80 yil umr koʻrgan. Shundan taxm. 50 yilini yuyechji qabilalarini birlashtirishga, kushonlar qabilasining ustuvorligini oʻrnatishga, Kushon podsholigiga asos solishga va uni qudratli davlatga aylantirishga bagʻishlagan.

Ad.: Bichurin N. Ya. ( Iakinf), Sobraniye svedeniy o varodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremeva, t.2, M.-L., 1950; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. Yu., Severvaya Baktriya — Toxaristan, T., 1990.


Lotin alifbosida maqola: KUJULA KADFIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
KUSHON PODSHOLIGI
TOSHKENT
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты