KUSHON PODSHOLIGI — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kad. davlat (mil. 1—3-a. lar). Mil. 1-a. ning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) mil. av. 140-y. Sirdaryo ortidan Baqtriyat kelib, saqlarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asr davomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Boʻlardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) mil. 1-a. da qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.
«Kushon» atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli boʻlib, u ilk bor mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshida qukmronlik qilgan podshoh «Geray» — Sanab zarb qildirgan tangalarda qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda Oʻzbekistonning jan., Turkmanistonning jan.-sharqidagi yerdar) kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I K. p. ga asos solgan boʻlib, uning davrida kushonlar hoz. Afgʻoniston bilan Pokistonning koʻpchilik qismini bosib olgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qoʻshib olingan. Kushon podsholigining eng ravvaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi togʻ daralarida gʻoyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan.
Kushon podsholigi davrida urushlarning tez-tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharkda hukmron boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. «Buyuk ipak yoʻli» boʻylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharkda — Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy b-n, jan. da — kushonlarga tobe Shim. Hindiston b-n, gʻarbda — dengiz yoʻli b-n, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari b-n, shim. da Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Jan. Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq xarobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq oʻzaro mustahkam aloqada boʻlgan: har bir shahar atrofida koʻplab mayda qishloqlar joylashgan.
Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib, unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (q. Satrapiya) larga boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq jamoasi muhim oʻrin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng koʻlamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab boshqa dinlar ham boʻlgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida koʻproqoltin va mis tangalar qoʻllanilgan. Dehqonchilik, xususan, sugʻorma dehqonchilik rivojlangan, q. x. ekinlarining koʻpchilik turi ekilgan. Mil. 3-a. ning 1-yarmi yoki oʻrtalarida Kushon podsholigi barham topgan. Baqgriya — Toxariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan.
Madaniyati . K. p. Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mo-baynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari (mahalliy Qad. Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlari)ni mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanoʻzgacha noaniq boʻlib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur i. t. lar olib bormokdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-y. larda London, 1968-y. Doʻshanbe, 1970-y. Kobulda xalqaro simpoziumlar oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoʻydi. Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxoʻtal (Afgʻoniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (Oʻzbekiston), Kayqubodshoh, Koʻhnaqalʼa, Shaxrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va koʻhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy maʼlumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega boʻlgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha oʻnlab shunday shaharlar, koʻplab yirik sugʻorish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud boʻlib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigining shim.-gʻarbiy hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq xom gʻisht va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boʻylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, koʻcha va maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bogʻlardan iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali, hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki qanatli qilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va b. da turli hajmdagi pishiq gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan chiroyli tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va masxarabozlar tasvirlangan (mas, Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepatsa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanʼat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toʻqish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yigʻinda buddizmning mazkur yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra (Quyosh maʼbudi), Otash (olov maʼbudi), Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va b. tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqalʼadan topildi. Kushon podsholigi yerdaridan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va b. koʻpgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka Gʻarb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda koʻp tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda «tirik tovar» — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham boʻlgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Oʻzbekistonning jan. dagi Dalvarzintepada boʻlgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar sh. ga koʻchirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanʼat maktablari (Gandxara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur sh. ga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan.
Kushon podsholigiga doyr yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t. larni davom ettirmokda.
Ad.: Pugachenkova G. A., Xalchayan, T., 1966; Gafurov B. G., Koʻshanskaya epoxa i mirovaya sivilizatsiya, M., 1968; Staviskiy B. Ya., Koʻshanskaya Baktriya. Problemы kulturы, M., 1977; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepa — ku-shanskiy gorod va yuge Oʻzbekistova, T., 1978; L itvi iski y B. A., Sedov A. V., Kultы i ritualы koʻshanskoy Baktrii, M, 1984; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severvaya Baktriya — Toxaristan, T., 1990; Kultura i iskusstvo drevnego Oʻzbekistova [Katalog vыstavki], kn. 1 i 2, M., 1991; Gʻiyosov T. Gʻ., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.
Bahodir Turgʻunov, Temur Gʻiyosov.